{Ruqiyabegim}
1-qism
Muhabbat - butun borliqni harakatga keltiruvchi kuch. Don ham, maysa ham, jonivor ham seva oladi. Lekin faqat tana va terisi bilan. Insongina ham jismi, ham aql-idroki, ham xotirasi ila sevishga qodir.
♥♥♥ ♥♥♥ ♥♥♥
Kuz oltin fasl. Yomg'irlar mavsumi! Yana kelajak hayotga ilk katta qadam.
Men bu kollejga talaba sifatida ilk qadamni qo'ydim. Aslida modelyer-dizayner bo'lmoqchi edim. Ammo uyimdagilar ko'nmadi. Mana shu o'zboshimcha arazim sabab shaharda yashashimga qaramay o''qish yotoqxonasiga yozdirildim. Ota-onalar va o'quvchilar uchun majlis tugagandan so'ng o'quvchilar biriktirilgan auditoriyaga yo'l oldik. Auditoriya o'quv binosining ikkinchi qavatini 42-xonasi ekan. O'qituvchi partalarning biridan joy ko'rsatdi. Joyimga o'tirar ekanman ko'zim unga tushdi. Negadir yuragim ajoyib urdi. U esa qarama-qarshi tarafda o'tirgan do'sti bilan imo ishora orqali bir nimalarni gaplashishardi. Hayolimni yeg'ishga urinib atrofga qaradim. Guruhda qizlarda bir o'zim o'zim o'tirardim. O'qituvchi yo'qlama jurnalni o'qigach qizlarni nomini eshitib xotirjamlashdim. Biroz o'tib auditoriyaga bir qiz kirib kelib, yonimga o'tirdi. Ismi Mohigul ekan. Juda sergab va maqtanchoq bo'lib chiqdi. Odatda men uncha ko'p gapirmayman. Balki bunga muomlani bilmasligim sababdir. Mohigulni og'zi hech yopilay demasdi. Kamiga uning sochlari asabimga tegardi. Sap-sariq sochini ikkita qilib yeg'ib olgandi. Yarashsa ekan koshki! Eshikdan yana bitta qiz kirib keldi. To'g'risi uni ko'rib kulgimni zo'rg'a tiydim. Shalvar shimga sarafan kiyib, sochini bitta qilib yeg'ib olgan va pewona qismini shishirib abadok taqib olgandi.
O'qituvchi kollej haqida ma'lumot berib bo'lgach, yotoqxonaga olib kirdi. Baxtimdan o'rgilayki Mohigul bilan xonadoshga bo'ldik. Xonaga narsalarimizni qo'yib oshxonaga kirdik. U yerda hamma guruh guruh bo'lib bezatilgan stol stulda o'tirardi. Biz ham o'zimiz uchun bezatilgan stol stulga o'tirdik. Biroz o'tib oyim uyga ketdi. Ana endi begonalar ichida bir o'zim qoldim. Bu yerdagi shovqin suron to'palon boshimga o'g'riq olib kirdi. Mendan sal narida o'tirgan qizga ko'zim tushdi. Qimirlamasa barbi qo'g'irchoqni o'zginasidi. Kun bo'yi men ko'rgan qizlar ichida unga tenggi yo'q edi. Mohigul esa tinmas edi. Mana shu bir yarim soat ichida urug' aymog'iyu, sigir buzog'I qolmadi. Xatto mushugi qanday qo'lini tirnaganigacha gapirib berdi. Arazni yeg'ishtirib oyim bilan ketmaganimga rossa afsuslana boshladim. Nigohim yana unga tushdi. Endi Mohigulni ovozi uzoqlardan eshitila boshladi. Uning sochlari strishka qora bilinar bilinmas yon tomonga taralgan, yuzi dumoloq, ko'zlari qop qora, to'lachadan kelgan, yelkalari keng, ustidagi olovrang fudbolkasi to'la qomadini yanada bilintirib turardi. Unga mahliyo bo'lib qoldim. Umuman olganda u har qanday qanday qizni aqlini o'g'irlashi tayin edi. Mohigulni turtishidan o'zimga keldim.
Mohigul: - Maftuna eshityapsizmi?
Men: - Ha albatta!
Mohigul: - Shunday qilib, akam chetga chiqib ketdi.
Yana valdirashini eshita boshladim. Yo hudo Mohini bir necha bor hayolimda oldimizdagi stol ustiga boshini urdim. Haya mening ismim Maftuna. Maktabga kech kirganim sabab kollejga ham o'n yetti yoshdan kirdim. Sochlarim qo'ng'iroqsimon belimga tushgan, yuzim oqdan kelgan dumoloq, qosh ko'zim qora bilgan kamchiligim qo'pol va muomlasiz edim.
Ziyofat tugab xonalarga tarqadik. Biz turgan xonaga yana bir qizni joylashtirishibdi. U qiz boshqa bo'limdan bo'lib, ismi Munisa ekan. Istaraligina, yoqimtoy, sochlari juda uzungina. Xonaga joylashib bo'lib, kechga yaqin Mohigul tashqariga chiqaylik dedi. Istamasam ham hafa bo'lmasin deb rozi bo'ldim. Yotoqxona binosi to'rt qavatdan iborat bo'lib, katta joyni egallagandi. Uning narida oshxona, keyin sportzal, keyin o'qish binosi joylashgandi. Barcha shart sharoitlar mana shu maydon ichida. Bunday olib qaralgandi talabalar qamoqxonasiga o'xshardi.
Mohigul ikkimiz pastga tushib, eshikdan chiqishdagi o'rindiqga o'tirdik. Zinani o'lguday yomon ko'raman. Afsuski baxtga qarshi men uchunchi qavatda joylashgandim. Bu yerda barcha narsa menga qarshi turganday. Lekin bir narsani tan olish kerak bu yer juda chiroylik ham. Bog'bon mehr bilan ishlaganmi? Ko'rsang ko'zing quvnaydi.
Mohigul: - Bu yerda endi uch yil turamiz a?
Men: - Hm.
Mohigulni gapirishidan bir kundayoq zerikdim. Oldinda hali uch yil bor. Uni gapini eshitgan bo'lib atrofni kuzatdim. Shu vaqt menga qaratilgan nigohga ko'zim tushdi. Bu o'sha. U nim tabassum qolgancha ikki qavatda balkon ushagichiga suyanib turardi.
Undan nigohimni qanchalar olib qochishga urinsam ham buni udasidan chiqolmasdim. Sehrlangan edim unga go'yo. Biroz o'tib ichkariga kirib ketdi. Men ham sehrdan xalos bo'ldim.
Tun kirdi. Sokinlikga hech nima yetmidi. Bugungi kun shovqini miyyamda haligacha g'uvirlar edi. Lekin bari jim. Miyyamdan ham bularni chiqarib tashladim. Muhimi tinchlik. Qanday yaxshi!
DAVOMI BOR.
#Engyaqinbegonalar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев