Birinchi Muhabbatim
Kecha oqshom falakda oy bo'zarib botganda,
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir mayuslik sokinlik uyg'otganda,
Men seni esga oldim,birinchi muhabbatim,
Eslab hayolga toldim,birinchi muhabbatim.
O'ti yoshlik zavq bilan gohi to'polon bilan,
Gohida yaxshi bilanb , gohida yomon bilan,
Ayri ham tushdim bazan qalb bilan iymon bilan
Lekin seni yo'qotdim,birinchi muhabbatim,
Mangu g'aflatda qoldim, birinchi muhabbatim.
Dunyo degan shundayin anglab bo'lmas sir ekan,
Goh keng ekan,gohida tuynuksiz qasir ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval,birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.
Holbuki orzulardan judo ham bölganim yöq,
Yulduzday kulganim yöq oy kabi tölganim yöq,
Erta hazon gul kabi sarg'ayib sölganim yöq,
Seni eslab yig'layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag'rim tig'layman, birinchi muhabbatim.
Yölin yöqotsa odam - muhabbatga suyangay,
G'ussaga botsa odam - muhabbatga suyangay,
Chorasiz qolsa odam - muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman,
Faqat eslab yig'layman, birinchi muhabbatim.
Nido bergil, qaydasan , sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar körib men bor dunyoni unutdim,
Tongda turib nomingga ushbu sherimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg'iz ollohim mening, birinchi muhabbatim.
ABDULLA ORIPOV
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1