O'ylardim do'st tanlashda adashmagandim.
Sen bilan inoq edik talashmagandim.
Seni dunyolarga almashmagandim.
Arzonga sotilgan qimmatli do'stim.
Xiyonatdan qolmadingmi? ming kulgularga.
Meni topshiryapsan? aytgin kimlarga.
Qandoq aldanding bu tulkilarga?
Arzonga sotilgan, qimmatli do'stim.
Qadring baland edi do'stim men uchun.
Jonim fido edi do'stim sen uchun.
Naxotki unutding do'stlikni burchin-
Arzonga sotilgan qimmatli do'stim.
Naxot o'z do'stingni shunday sotasan.
Naxot qurol bersa meni otasan.
Ko'zimga tik qara....yerga boqasan.
Arzonga sotilgan qimmatli do'stim.
Meni kechir degin kechiraman.... ayt.
Senga qalqon ediku ko'ksim.
Qande chidab turding meni urgan payt.
Arzonga sotilgan, qimmatli do'stim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев