Tunab qolgan shamol kabi uyg’onib.
Tun boyi to’lg’onib, tun bilan yonib,
Tizzangizga boshim urar o’tinchim.
Keldim, ona, yana keldim, onajon…
Yo’lga tushar karvon g’amlarim,
Ko’zlarimning tubsiz dengizlarida.
Qalbim istirobning o’t izlarida,
Kiprigimdan artib tashlar namlarim,
Keldim, ona, yana keldim, onajon…
Oytog’ ertaklari umrimdan kechdi,
Bolalik-uchqir o’t, hech tutolmadim.
Men nelarga yetdim yo yetolmadim,
Tong chog’i gul yanglig’ shabnamni
ichdim,
Keldim, ona, yana keldim onajon…
Dilimdan o’tgani osmonga ayon,
Gohi oy, goh yuldiz kezuvchi hayol.
Har kun nafasangiz sezuvchi shamol,
Kabi bo’lolmagan armonga ayon.
Keldim, ona, yana keldim, onajon…
Yana yoningizga qaytib kelaman,
Sizday mehribon inson topolmay.
Mehringizdan ulug’ doston topolmay,
Bilmayman, nelarni bilib kelaman.
Faqat deyman keldim, keldim onajon!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев