o'zita kelar-kelmas
«Bolajonimni ko'rsating», deya
intiqlik bilan atrofidagilardan
iltimos qildi. Chunki u endi ona
bo'lgan, ona degan ulug
maqomga erishgan, onalik
baxtidan sarmast edi. To'qqiz
oy qornida ehtiyotlab ko'tarib
yurgan vujudining bir
parchasini ko'rishni hayajon
bilan kutardi. Quchogiga
yo'rgaklangan chaqaloqni
tutishdi. Baxtiyor ona
farzandining jajjigina yuzini
ko'rish uchun uning yuziga
yopilgan yo'rgakni ko'tardi.
Ammo birdaniga rangi oqarib,
tili kalimaga kelmay qoldi,
yuzida bir oz avvalgi
baxtiyorlikdan asar ham
qolmagandi. Ona va bolani
kuzatib turgan doktor orqasini
o'girib, tezda xonadan chiqib
ketdi. Chunki... chaqaloqning
quloqlari yo'q edi...
O'tkazilgan tibbiy tekshiruvlar
natijasida bolaning eshitish
qobiliyati nuqsonsiz ekani,
faqatgina ko'rinishini buzib
turuvchi quloqlarsiz tugilgani
ma'lum bo'ldi.
Oradan yillar o'tdi, bolakay
ulgayib, maktabga chiqdi. U
darslarni juda yaxshi
o'zlashtirar, faqat a'lo
baholarga o'qir, o'rtoqlari ham
uni hurmat qilishardi. Ammo
kimdir achinib, kimdir uning
muvaffaqiyatlarini ko'rolmay
ba'zan orqavarotdan, ba'zan
esa yuziga nuqsonli ekanini
aytishar, bu gapdan bola juda
o'kinardi, o'ksinardi. Shu
sababli ham odamlarga qo'shila
olmasdi, doimo o'zini olib
qochardi. U taqdirning bergan
«tuhfa»siga sabr-bardosh bilan
ulg'aysa-da, yuzida hecham
kulgu ko'rinmasdi, doimo
mahzun yurardi.
O'glini har ko'rganda yurak-
bagri ezilib ketadigan onasi
unga doimo «Mundoq
odamlarga qo'shilsang-chi, sen
ham o'ynab, kulsang-chi axir»,
deb yolvorar, ammo ayni
vaqtda dardiga yana dard
qo'shilardi. Bir kuni dadasi
bolani umid bilan mashhur bir
doktor huzuriga olib bordi va
o'glini bu holatdan qutqarish
uchun biron chora topishini
so'radi. Doktor agar bir juft
quloq topilsa, amaliyot orqali
bu muammoni hal qilish
mumkinligini aytdi. Yuraklari
darddan ezilib ketgan ota-
onada umid uchquni paydo
bo'lib, har tomonga bosh urib
ko'rishdi. Ammo kim ham
o'zining quloqlarini fido qilgisi
keladi, deysiz. Chet ellarda bor,
deb eshitishdi, lekin uning
narxini umr bo'yi ishlab ham
to'lay olmasdilar. Shunday
bo'lsa ham ota-ona ikki yil
davomida butun kuch-
g'ayratlarini shu ishga
sarflashdi.
Va nihoyat bir kuni dadasi unga
«Operatsiyaga tayyorgarlik ko'r,
senga quloqlarini sotadigan bir
kishini topdik, faqat unutma,
bu insonning kimligi sir», dedi.
Amaliyot poytaxtdagi nomi
chiqqan klinikada taniqli
doktorlar tomonidan
muvaffaqiyatli nihoyalandi.
Bola tamoman yangi bir
insonga aylangan edi. Tashqi
ko'rinishi bilan birga ruhiyati
ham o'zgargan yigitcha
maktabni a'lo baholarga
bitirdi, jamiyatda ham o'zining
munosib o'rniga ega bo'ldi,
juda katta muvaffaqiyatlarga
erishdi. Universitetni qizil
diplomga tugatib, diplomat
bo'ldi, uylandi, bola-chaqa
orttirdi. Bir kuni u avvalgi
hayotini xo-tirlab, otasining
holi-joniga qo'ymay so'radi:
- Menga bu qadar yaxshilik
qilgan inson kim o'zi, garchi
uning yaxshiligini butun
umrimni bagishlab ham
qaytarolmasam-da, o'ni bir
ko'rsam, minnatdorlik
bildirsam...
Otasi esa unga «Albatta, u
odamning yaxshiligini hech
qachon qaytarolmaysan, ammo
biz kelishganmiz, bu sir
saqlanishi kerak, bir kun vaqti
kelib bilib olarsan», dedi.
Oilaning butun a'zolari bu sirni
- u fidokor odamning kim
ekanini uzoq yillar davomida
saqlashdi. Ammo bu dunyodagi
hamma narsaning ham oxiri
bo'lganidek, bir kuni bu sirning
ham oshkor qilish vaqti etib
keldi.
Shu kungacha farzandini oq
yuvib, oq tarab kelgan onaning
umr sarmoyasi tugab, bu
dunyoni tark etdi. Janozadan
avval otasi yigitni onasi yotgan
xonaga chaqirdi va qo'llari
bilan asta onasining
kumushdek tovlanayotgan oq
sochlarini ko'tardi - uning
quloqlari yo'q edi. «Jafokash
onang doimo ro'mol o'rab,
yopinchiq ichida yurgani uchun
bu ishidan hech qachon
pushaymon bo'lmadi, aksincha,
u juda baxtiyor yashadi», deya
shivirladi otasi. «Va hech kim
onangning go'zalligida hech
qanday nuqson, kamchilik
sezmadi, shunday emasmi?
Haqiqiy go'zallik insonning
tashqi ko'rinishida emas, balki
uning qalbidadir! Haqiqiy baxt
ko'rgan narsangda emas, balki
ko'rinmagan joyda... Haqiqiy
sev-gi qilingani ma'lum narsada
emas, balki qilingani holda
bilinmaydigan, ko'rinmaydigan
joydadir!».
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев