(ortiqcha kamentlarsiz faqat sherlarni yozamiz sevgi haqida)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
Qor yog'ib o'tadi zulmatni yorib.
Kurtaklar yozilar yerni uyg'otib,
Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb?
Asta varaqlayman umrim kunini,
Tonglarga bosh qo'yar sog'inch ko'z yumib.
Kim to'lar sevgimning o'tli xunini?
Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb?
Qoshlarim qayrildi yo'lingiz qarab,
Sanoqdan adashdim tunu kun sanab.
Nahotki ayriliq-haqiqat, yo rab?
Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb?
Ko'z yoshim to'ksa ham to'ymadi sarob,
Bu mag'rur vujudim tark etmas azob.
Men hanuz go'zalman, lek muhabbat harob,
Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb?..