Ushbu maqolamizda biz: Britaniyalik Xippi laqabli ko`cha bolasi qanday qilib kambag`allikdan – to 50 million funt sterling pul aylanadigan katta kompaniyani tashkil etgani haqida yozamiz.
Deyl Vins 39 yoshda bo`lib, umrining ko`p qismini uysiz o`zining mototsiklida Buyuk Britaniya va Yevropa ko`chalarini aylanib, shu ko`chalarda yotib o`tkazadi.
«Men o`zimga bo`sh vaqt ajratdim,hayotni tushunishga harakat qildim. Men bo`yoqchi bo`ldim, nonvoy bolib ishladim va o` z mototsiklimni kovlashtirishni bilardim. Men shunchaki yashadim xuddi o`zim xohlagandek" - deb esga oladi Deyl Vins
Hozirda u 50 million funt sterling daromad qilaydigan kompaniyaning direktori hamda egasi.
Deyl havodan foydalanishni allaqachon boshlagan edi, u o`zining safarlarida kichkina mini shamol tegirmonlaridan foydalanar edi. Deyl navbatdagi to`xtash tanaffuslarda o`zi turgan joyni yoritar edi maydonning o`rtasida. Kunlarning birida katta musiqa festivalida - Deyl o`zining ixcham shamol tegirmonini o`rnatadi va festivaldagi odamlardan telefonlarini quvvatlab olganlari uchun pul ishlay boshlaydi. Shundan keyin u mashhur bo`la boshlaydi.
Biroq Vins o`z bilimidan ko`proq meva olishni xohlaydi. 1992- yilda u shamol energiyasi teoriyasini organa boshlaydi va 10 metrli shamol turbimasini yaratadi. "Menda katta pul yo`q edi lekin talant va harakat bor edi»- deydi Deyl Vins. Ruhsatnoma olish va qurilish ishlari bilan 4 yil vaqt otadi va nihoyat 1996-yilda Norfolk grafligida Vinsning birinch turbinasi ishga tushadi. U turbina atrofdagi 3000 ta xonadonni elektor toki bilan taminlar edi. Bundan tashqari Vinsning shamol turbinasi sayyohlarni uziga jalb qiladigan mahalliy yaxshi ko`zga kurinadigan joyga aylanadi.
Keyinchalik davlat buyurtmalami kamligi sababli Vins o`z elektro turbinasini boshqa litsenziyasi bor kompaniyalarga sotmoqchi boladi. Uning bu taklifidan boshqa kompaniya rakbarlari kulishadi. Buni qarangki hech qancha vaqt o`tar-o`tmas Vins ham litsenziya olishga erishadi.
Bugungi kunda ushbu g`ayri-oddiy tadbirkor 4 ta shamol turbinasiga ega bo`lib qator puldor buyurtmachilariga ega, buyurtmachilar qatorida mahalliy katta-katta supermarketlar ham bor. Shu bilan birga u o`z turbinasi dizaynini qator boshqa mamlakatlarga eksport qilib qo`shimcha foyda oladi. «Endilikda har qanday Britaniyalik elektor ishlab chiqaruchi kompaniyalar «Yashil tariflarga ega» va endilikda boshqa kompaniyalar ham bizga hamkorlik qilish taklifini birin ketin bildirishyabtilar»- deydi kulib turib Vins.
Oxirgi bo`lib kulgan – yaxshi kuladi!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев