nomusi toptalgan farishta... Hayotiy
voqea. O'qing va xulosa chiqaring..! Ota onam ajrashganda 2yoshda edim.
Oradan 4yil o'tib onam boshqa kishiga
turmushga chiqdilar. U kishi yaxshi
edilar. Meni va oyimni yaxshi kurardilar.
Oradan yillar o'tdi. Men 2 ukali bo'ldim.
Shu yillar davomida men go'yo o'z otamni unutdim va u insonni o'z
otamdek yaxshi ko'rardim, o'gayligini
deyarli his qilmasdim. Vaqt o'tgan sari
chiroyli qiz bulib o'sardim. Har
haftaning shanbasida otamning
do'stlari yig'ilib biznikida karta uynardilar. Shu kuni oyim meni
ammamnikiga jo'natib yuborardilar.
O'sha paytda oyimni bu xarakatlarini
tushunmasdim. Endi bilsam mushtipar
onam shu yo'l bilan mani himoya
qilmoqchi bulibdilar. Afsus buni uddalay olmadilar. O'sha mash'um voqea yuz
berganda 9-sinfda uqirdim. Shanba kuni
ammamnikida ovqatlanib utirgandik.
Dadam kirib keldilar va Shahnoza tur
uyga ketamiz dedilar. Ammam negadir
qaltirab ketdilar va nahotki...deya pichirladilar. Dadam jim turdilaru keyin
boshqa yo'lim yo'q deya qo'limdan
sudragudek uydan olib chiqib ketdilar.
Mashinaga chiqdik dadamga gapirishga
qo'rqardim. Vajohatlari yomon edi.
Qarasam uyimizga teskari tomonga ketayabmiz. Dada qayerga ketayabmiz-
deya so'radim. Shunda dadam-hozir bir
joyga borib kelamiz faqat sen qo'rqma
bu ishni ukalaring va oyingni deb
qilyabman. Ularni yaxshi ko'rasanku
tug'rimi dedila. Men ha dedim. Shunda bir uyga bordik. Dadam kir dedilar sekin
kirdim. Bir xola bor ekan meni ko'rib
ana keldi dedi. Bir xonaga olib kirib
kiyintirdi va boshqa xonaga olib kirib
chiqib ketdi. Keyin bir amaki kirdi.
Yonimga kelib indamay yuzimga tarsaki tushirdi. Qo'rqib ketdim.
Kiyimlaringni yech deya baqirdi. Men
qo'rqa pisa hech nima qilmadim meni
urmang amaki deya yig'lardim. U kishi
birdan menga tashlandi tanamda kuchli
og'riq his qildimu hushimdan ketdim. Shu kuni barcha bolalik orzularim
toptaldi. Nogironlik aravachasiga
mixlandim. Hech qachon oq kuylak
kiyolmaslik, bir insonning suyukli yori
bulmaslik, shirin farzandlarga onalik
qilolmaslik hammasi bir kunning o'zida manga tuhfa etildi. Otam va uning
hamtavoqlari qamaldi ammo bu bilan
men oldingi baxtli kunlarimga
qaytolmayman. Dugonalarim bilan
kuchalarda yurolmayman, talabalik
gashtini so'rolmayman. Bir umrga o'z qorong'u dunyoyimda shiftga termulib
orzular ummonida mushtipar onamning
alamlarida yashayman...!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6