Ronaldu yoki Messi?
Ha to'g'ri, ba'zan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messilarni taqqoslash biroz erishdek tuyuladi. Umuman olganda, bu Ronaldu Messi bilan taqqoslashlariga "Biz huddi Ferrari va Porshimiz", deb javob bergani kabi, bu go'yoki bolaga "Otang yaxshimi yoki onang?", degan savol bilan baravardir. O'tgan mavsumda esa Messi jamoasi bilan "trebl" qildi, sovrinlar masalasida bu safar Messi Ronaldodan ustun, buni tan olish kerak. Ammo har doim irodasi bukilmaydigan KriRo oxirgi daqiqalar, oxirgi o'yinlargacha kurashdi, bu uning xarakteri, balki shuning uchun ham u dunyodan eng zo'ridir!?
Keling, biz uchun daho, qahramon Krishtianu Ronaldu haqida biroz bahslashsak va Leo Messi bilan qiyoslasak...
Biz hozir jamoaviy natijalar emas, aynan ikki daho haqida biroz muhokama qilamiz.
Ronaldu - La Liganing eng yaxshi to'purari, 35 o'yin, 48 gol. Bu o'rtacha bir o'yinda 1,37 gol. Uch dubl, 6 "xet-trik", "poker" hamda 1 ta "penta-trik". Ha, Krishtianu bu mavsum to'purarlik borasida "Bernabeu"da kosmik maydon hosil qilib, samoga uchdi. Messi esa undan 3 o'yin ko'proq o'ynadi, biroq 43 bor to'p kiritdi.
Havodagi kurash haqida gapirganda esa bu ikki futbolchini taqqoslashga hojat ham yo'q. Chunki bu borada Ronalduning ustunligini "Real"chilar ham, "Barsa"chilar ham juda yaxshi biladi. 170 sm bo'yli Messi mavsum davomida 5 bor bosh bilan to'p kirita oldi, Ronaldu esa 12. Axir basketbolchilar savat tomon 72 sm balandlikka sakraganida, Ronaldo 90 sm sakrasa, natija boshqa qanday ham bo'lishi mumkin!? Krish sakramaydi - uchadi. U havoga ko'tarilganda hatto qo'l bilan o'ynash huquqiga ega darvozabonlar ham ojiz qoladi.
Keling boshqacharoq hisob-kitob qilamiz. Ronaldu ikkinchi qavatda to'p uchun kurashda 55,66% yutib chiqqan, Messi esa faqat 26,67%.
Endi esa bu tinib-tinchimas ikki mashinaning gollariga sababchi bo'lgan zarba berilgan nuqtalarga e'tibor qilsak. Ronaldu 10,42%, Messi esa 9,3 % gollarini jarima maydonchasi tashqarisidan to'p kiritgan. Bu bizga odatdagidek tuyulib qolgan Ronalduning "zambaragi" mahsuli.
Darvozani o'qqa tutish borasida Ronalduning imkoniyatlari ko'proq, umuman olganda Ronni o'zi uchun ham imkoniyat yaratishga harakat qiladi, jarima maydonchasi ichida ikki futblchilar bergan zarbalar 134x128, jarima maydonchasi tashqarisidan 91x59, Ronaldu foydasiga. Leo so'zsiz, driblinglari ajoyib, ammo ba'zan Leo "Almeriya" yoki "Getafe" kabi jamoalar darvozasiga bitta ham zarba yo'llay olmagan vaqtlar bo'ldi.
Standart vaziyatlar. La Ligada Ronaldo jarima zarbasi va penaltidan 14, Messi esa 10 marta o'z nomiga gol yozib qo'ydi. Ronaldoning jarima zarbalari posbonlar va jonli devor uchun daxshatning o'zginasi, to'g'ri CR7 mavsumning yakuniy qismlarida jarima zarbalaridan unumli foydalana oldi, nima bo'lganda ham buni epladi.
Ronaldu o'tgan mavsum himoyada ancha foydali bo'ldi. U burchak zarbalari vaqtida to'p uchun kurashda biror marta engilmadi. Krishtianu o'z darvozasi yaqinidan 29 bor to'pni uzoqlashtirishga erishdi, Messi esa biror marta ham buni amalga oshirmadi. Ronaldu 3 zarbani blog qildi, Messi esa - 1. Ikkala yulduz Chempionlar ligasida finalgacha deyarli bir xil vaqt maydonda to'p surdi: 1065x1067; lekin portugaliyalik futbolchi argentinalikdan 16 km ko'proq yugurgan. Ronaldu tez-tez himoyaga qaytsa, Messi faqat hujum boshlashdagina ortga biroz suriladi.
O'yin qoidasini buzishda Ronalduni unchalik tanqid qilib bo'lmaydi. Butun mavsum KriRo 24, Messi 25 marta qoida buzgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев