https://t.me/joinchat/AAAAAE0NrtD5xbs64z1GKg
Shulardan biri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 100 kunlik chaqaloqning poliklinikada emlashdan keyin vafot etgani barchani ko‘nglini xira qildi. Ushbu holat bo‘yicha qonunchilik nuqtayi nazaridan qanday norma ishlashi va uning sanksiyasi qanaqa ekanligi haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qilamiz.
BUGUNGI MAVZU: 100 kunlik chaqaloqning o‘limiga sababchi bo‘lgan med xodimining qilmishi jinoyat yoki jinoyat emasligi haqida.
3 oylik chaqaloqqa onasining ruxsatisiz 3 xil emlash dori vositasi yuborilgach, go‘dak ikki kun harorati ko‘tarilib yotgach, vafot etgani haqidagi ma’lumotga ijtimoiy tarmoqda duch kelgan bo‘lsangiz ajab emas. Xo‘sh bunda qonunchilik bo‘yicha qanday norma ushbu xatti-harakatni tartibga soladi? Jinoyat kodeksining 116-moddasida Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik moddasi keltirilgan bo‘lib, moddaning 1-qismida Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa jazo tayinlanishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek ushbu modda og‘irlashtiruvchi holatlar yuzasidan boshqa qismlarga ham ega bo‘lib, holat bo‘yicha JK 116-moddasi 3-qismida qilmish ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lishi belgilab qo'yilgan.
Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaslik – bu shaxsning o‘z kasb majburiyatlari doirasiga kiradigan amallarni bajarishi lozim va shart bo‘lgan holatlarda bajarmaganligidir. Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajar¬maslik shaxsning bajarishi shart bo‘lgan majburiyatlarni ras¬miy ijro etib, puxta yoki to‘liq bajarmaganligi bilan izohla¬nishi yuridik adabiyotlarda belgilab qo‘yilgan. Shaxsning kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmasligi yoxud lozim darajada bajarmasligi faqat bir martagina sodir etilgan harakat yoki harakatsizlikda namoyon bo‘lib qolmay, balki uzoq muddat davomida qilingan harakatsizlikda yoki qator harakatlarni lozim darajada ado etmaslikda aks etishi mum¬kin. Kasbi yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud qonunga yoinki maxsus qoida¬larga ko‘ra yordam berishi shart bo‘lgan shaxsning uzrli sabablar¬siz yordam ko‘rsatmaganligi natijasida insonning o‘limi yuz ber¬gan hollarda, shaxsning qilmishi JK 116-moddasining 3-qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Bunday holatlarda ayb¬dorning harakatlari JK 102-moddasi bo‘yicha ehtiyotsizlik orqali odam o‘ldirganlik uchun qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishi talab etilmaydi. Demak, chaqaloqning o‘limi yuzasidan tegishli aybdorni faqatgina JK 116-moddasi bilan aybli deb topish mumkin.
Ushbu jinoyatning sanksiyasiga to‘xtalsak, holat bo‘yicha chaqaloqning o‘limi sababli JK 116-moddasi 3-qismi bo‘yicha sanksiya qo‘llanishini hisobga olib
- ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki
- besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
P/S: Xulosa, qilib aytganda, med xodimini uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar turkumiga kiruvchi sanksiya doirasidagi jazo kutmoqda. Yana boshqa holatlarni inobatga olib undanda yengil jazo ham qo‘llanishi mumkin. Bu shunchaki taxmin, buyog‘i sudyaning ichki intuitsiyasi va boshqa holatlarga bog‘liqdir
https://t.me/joinchat/AAAAAE0NrtD5xbs64z1GKg
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев