Xo‘sh bu huquqbuzarlikning asl ma’nosi qanday? Unga qonunchilikda qanday jazo berilganligi barchaga qiziq bo‘lsa kerak.
BUGUNGI MAVZU O‘ZGANING MULKINI O‘ZLASHTIRISH YOKI RASTRATA YO‘LI BILAN TALON-TAROJ QILISH VA UNGA BERILADIGAN JAZO CHORASI.
Jinoyat kodeksining 167-moddasida ushbu jinoyatni tartibga solish uchun alohida norma belgilab qo‘yilgan bo‘lib ushbu harakat aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilish moddaning birinchi qismi bo‘yicha ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar turkumiga kirishi bilan ahamiyatlidir. Xo‘sh o‘zlashtirish yoki rastrata degani nima? Bu bo‘yicha yuridik adabiyotlarga murojaat qilsak, huquqshunos M.X.Rustamboevning yuridik adabiyotida:
Talon-torojning O‘ZLAShTIRISh shakli mulk ushlab qolingan paytdan e’tiboran, ya’ni o‘zganing mulki go‘yo o‘zinikidek g‘ay¬riqonuniy egalik qilish o‘rnatilgan paytdan e’tiboran tugal¬langan jinoyat deb topiladi.
Rastrata – talon-toroj qilishning bir shakli bo‘lib, aybdorga muayyan vakolatlarni amalga oshirish uchun ishonib topshirilgan o‘zganing mulkini sotish, sarflash, iste’mol qi¬lish, hadya qilish va hokazo yo‘llar bilan begonalashtirish tushu¬niladi. Rastrata o‘zlashtirishga juda yaqindir, bu yerda mulkni ushlab qolish va unga nisbatan noqonuniy egalikni o‘rnatish oldin so-dir bo‘ladi. Biroq shunga qaramay, rastrata o‘zlashtirish bilan hech qanaqasiga bog‘liq emas va u keyingi jinoiy harakatning da¬vomi hisoblanmaydi. Qonun nuqtai nazaridan va jinoyat-huquqiy baholashga ko‘ra, aynan bir predmetni bir vaqtda ham o‘zlashtirib, ham rastrata qilib bo‘lmaydi. Aybdor muayyan vaqt oralig‘ida, o‘ziga ishonib topshirilgan mulkning bir qismini o‘zlashtirishi va boshqa qismini rastrata qilishi mumkin, bu ha¬rakatlar talon-toroj qilishning yagona davomi deb qabul qili¬nishi kerak. Rastrataning o‘ziga xos jihati mulkni noqonuniy shaklda talon-toroj qilishda, o‘zlashtirishdan farqli ravishda, qonuniy egalik qilish bilan uni noqonuniy tasarruf qilish oralig‘ida hech qanday vaqt bo‘lmaydi”-deb yozadi Rustamboev.
Ushbu jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi shundan iboratki, rastrata yoki o‘zlashtirish yo‘li bilan o‘g‘irlanadigan mulk aybdorning tasarrufida bo‘ladi. U esa ushbu holatdan foy¬dalangan holda mulkni o‘z foydasiga yoki o‘zgalar foydasiga g‘a¬razli niyatda o‘tkazadi. Har qanday mulk jumladan qimmatli qog‘ozlar, pul va boshqa moddiy qiymatliklar ushbu jinoyatning predmeti bo‘lishi mumkin. Aybdor esa ushbu predmetga nisbatan alohida huquqqa ega bo‘lib, mulk unga boshqa shaxslar yoki davlat tomonidan ishonib topshirilgan bo‘ladi. Masalan bank-moliya sohasi xodimlari, soliqchilar va hokazo. Aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida turgan mulk mansab vazifasi yoki shartnomaviy munosabatlarga ko‘ra yoxud alohida topshiriq yuzasidan o‘zganing mulkini egalik qilish, boshqarish, yetkazib berish, saqlash, tasarruf etish bo‘yicha qonun doirasida o‘zining vakolatlariga ega bo‘lgan shaxs Masalan biror bir omborxona mudiri, sotuvchi, kassir, kabi shaxslar egaligida ushbu mulk bo‘ladi. Shuningdek mulk mansab majburiyati doirasida ham ushbu shaxsning qonuniy egaligida bo‘lishini aytish mumkin. Shartnomaviy munosabatlarda ijara, pudrat, komissiya, prokat, saqlash shartnomalarida qayd etilgan va mulkni boshqarish, egalik qilish, tasarruf etish, eltib berish yoki saqlash vakolati qaysidir miqdor va darajada aybdorga yuklatilgan bo‘lishi mumkin va aybdor shu vakolatlardan foydalangan holda mulkni o‘z ixtiyoricha shartnomada ko‘rsatilmagan harakatlarni qilib o‘zlashtirishi yoki rastra qilishi mumkin.
Ushbu jinoyatni sodir etishda aybdorga mulkdor tomonidan mulk o‘zining huquqlarini unga vaqtinchaga yoki ma’lum muddatga qonuniy topshirib qo‘yishi o‘laroq aybdor ushbu mol-mulkni boshqarishi, yetkazib berishi, saqlashi yoki tasarruf etishi mumkin. Odatda, mol-mulk ishonib topshirilgan shaxsning vakolatlari muayyan hujjatlar bilan mustahkamlanadi.
Ushbu jinoyatni obektiv tomoni shunda ko‘rinadiki aybdor o‘ziga ishonib topshirilgan tovar moddiy boyliklarni olib qo‘yish, mulkning noqonuniy egaligini olib qo‘yish, aybdor ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulknini o‘z foydasiga olish yoki o‘zgalar tasarrufiga o‘tkazish shaklidagi faol harakatlarda ifodalanadi. Subektiv tomondan ushbu jinoyat faqatgina to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Bunda aybdor o‘z harakatlarining noqonuniyligini biladi va shuni amalga oshirishni xohlaydi. G‘arazli maqsadning bo‘lishi ushbu jinoyatning subektiv tomonini zaruriy belgisi deb e’tirof etgan yuridik adabiyotida. Jinoyat subekti sifatida 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxs bo‘lishi belgilangan.Agar subekt sifatida yoshi 15 da bo‘lgan shaxs ushbu jinoyatni sodir etsa, jinoyat tarkibi to‘liq bo‘lmagani sababli jinoyat istisno etiladi. Shu sababli ushbu jinoyatning sodir etilishida va uni jinoyat sifatida baholashda aybdorning obektiv va subektiv harakatlari, uning yoshi hamda shaxsiga alohida e’tibor berish talab qilinishi belgilab qo‘yilgan. Oliy sud Plenum qarorida mulkni o‘zlashtirish yoki ras¬trata qilish orqali talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javob-garlik ushbu moddaning birinchi qismi bo‘yicha tashkilot, muas¬sasa va korxonadan o‘g‘irlangan mulkning umumiy summasi eng kam oylik ish haqining 5 barobari hajmidan ko‘p bo‘lsagina ke¬lib chiqadi. Aks holda shaxs O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasi (Oz miqdorda talon-toroj qilish) bilan javob¬garlikka tortilishi, agar shaxs tomonidan o‘g‘irlangan mulkning umumiy summasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan miqdor (mulkning qiymati eng kam ish haqining o‘ttiz baravari)dan oshmasa, mayda talon-toroj qilishlar necha marta sodir etilishidan qat’i nazar, shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi, shunga qaramay, agar mulkni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish fuqarolarning mulkiga nisbatan qaratilgan bo‘lsa, o‘g‘ir¬langan mulkning umumiy summasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan miqdordan oshmasa ham, qilmishni JK 167-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish lozimligi, biroq talon-toroj miqdori eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oshmagan har bir holda surishtiruv, tergov organlari va sudlar ayblanuvchining (sudla¬nuvchining) shaxsiga oid ma’lumotlarni hamda moddiy zararning qoplanganligini inobatga olgan holda jinoyat ishini Jinoyat kodeksining 65 va 66-moddalariga asosan jinoyat ishini tugatish masalasini muhokama etishi kerakligi bayon etilgan.
Ushbu jinoyatni sanksiyasiga e’tibor qaratsak, JK 167-moddasi 1-qismi bo‘yicha
- eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima, bu degani 20 mln 273 ming so‘mgacha, bu zarardan tashqari to‘lanadi
- yoki, ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari, bu degani shaxsni haq to‘lanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iborat bo‘lib ushbu muddat 10 sutkagacha yoki mehnat davomiyligi bo‘yicha 8 soatlik ish kuni hisobiga 30 kungacha
- yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari, bu degani shaxs ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo‘lib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘talishi belgilanishi mumkin.
Moddaning 2-qismi va 3-qismi bo‘yicha sanksiyalar og‘irroq jazolarni ko‘zlanishi bilan ajralib turadi. Bunda shu harakatni sodir etgan aybdor eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 600 baravarigacha jarima, uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolananishi belgilab qo‘yilgan.
Umuman olganda ushbu jazolar shaxsni tarbiyalash, ushbu jinoyatni boshqa sodir etmaslik va qonunni ustuvor ekanligini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Tasavvur qiling, agar ushbu norma ishlamasa, hamma davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslar ushbu jinoyatni sodir etib, xalqning , davlatning pulini talon-taroj qilsa, nima bo‘ladi? Hech kim davlatga ishonmay qo‘yadi. Davlat bo‘lmasa himoyachi ham bo‘lmaydi va 28 yil oldingi holat yana boshlanib xalqimiz yana qullik jamiyatini boshidan o‘tkazishni boshlaydi. Ya’ni boshqa davlatlar hududni bosib olib, o‘z hukmronligini o‘rnatadi.
P/s: Xulosa qilib aytganda ushbu jinoyatni sodir etish ilmiy tomondan ham, qonuniy tomondan ham va hattoki diniy tomondan ham taqiqlangan va qoralangan. Birovni haqiga xiyonat qilish Islom dinida juda qattiq qoralangan va gunoh sanaladi.
https://t.me/joinchat/AAAAAE0NrtD5xbs64z1GKg
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев