Bu yorug’ dunyoni qirq yoshida tark etgan,
qalbi yoniq yosh Shoira,
opamdek yaqin bo’lib qolgan taqdirdoshim-
Baxtigul Mirzaqulovaga bag’ishlanadi.
Muvashshah
Baxtining gullari ochilgan mahal
Ashorga hislari sochilgan mahal
Xush damlar nag’masi soz chalgan mahal,
Tark edi hayotni yosh bir Shoira,
Izida bayt qoldi, qoldi xotira.
Go’zal orzulardan tizgandi marjon
Umidbaxsh kunlardan kutgandi imkon,
Lahzadan iqbolin izlardi har on,
Mangulikka ketdi yosh bir Shoira,
Izida bayt qoldi, qoldi xotira.
Ro’shno hislarini to’kib qog’ozga,
Zavq oldi, shaylanib baland parvozga,
Anduh rishtasini uladi rozga
Qismatga qo’l tutdi yosh bir Shoira
Umridan bayt qoldi, qoldi xotira.
Lobar edi o’zi, xush edi so’zi
Oydin oqshomdagi to’lin oy qizi,
Vaqtning vatanida qoldi bir izi
Armonga gul tutdi, yosh bir Shoira
Zarinada qoldi undan xotira.
Muallif- Zarina Olimova.
2019 yilda nashr etilgan “Tuyg’ular sohili” kitobidan olindi.
soat 06:43ga yuborish, Oʻqilgan, 2 из 80
@baxtigul_sheriyati
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев