Предыдущая публикация
Kuz keldi, qishloqda behi pishgandir,
Yong'oq ariqqa to'kilib tushgandir.
Har tong eslab seni ko'zim jiqqa yosh,
Issiq tandirlardan uzilgan fatir.
Ariqda loyqa suv, naqadar shirin,
Sanoqsiz sog'inchim aytay qay birin.
Qalbimning tubiga to'plandi zardob,
Yuzim kular ammo dardim yashirin.
Shuvoqqa ko'milib yotgan ey, adir,
Yoshligim bag'ringda dard bilmay sanqir.
Yalpizning hidlarin sog'inib ketsam,
Qalbimni go'yoki qaldirg'och cho'qir.
O, mening dardlarim, qayga boray men,
Xohishim qalbimni toshdek yoray men,
Uyqum kelmayapti, uyqum kelsa ham,
Tushimda onam diydorin ko'ray men.
Ariqda loyqa suv naqadar shirin,
Har tong eslab seni ko'zim jiqqa yosh...
ZOHIDJON MELIBOYEV!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев