Предыдущая публикация
Odamlar safida borga o‘xshayman.
Gohida mo‘ljalni noto‘g‘ri olib,
Suvga yog‘ayotgan qorga o‘xshayman.
Gohi, ketadigan vaqtim kelganday,
Meni ko‘p kuttirib, kech kelganda baxt.
Gohi egizagim bo‘lib ko‘rinar,
Do‘l yog‘ib barglari teshilgan daraxt.
Menga o‘xshamaydi uyi tillolar,
Menga teng ko‘rmayman podishohlarni.
Mening darajamga loyiq ko‘rmayman,
Topgan mansabidan ko‘ksi tog‘larni!
Kimningdir yuragi yarimta bo‘lsa,
Dardga to‘la bo‘lsa -- qiyofadoshim.
Uchar samalyotda bormaydi axir,
So‘ngi manzilimga piyodaboshim.
14.02.2019
11:10
Muallif: Husanboy Abdusobir o‘g‘li
#gohida_hechkimdek_tuyulaman
#husan_boqiy
📌 "IJOD_MARKAZI" 📜
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев