G’amgin yurak nega tushunmas
Nega seni so’rar har damda
Nechun yurak tushunib yetmas
Endi seni qaytmaydi desam
Hayot menga sensiz keramas
Sensiz dunyo misoli zulmat
Yurak sendan o’zgani bilmas
Qayg’uraman g’amgin dilimga
Ko’zlaringda ko’rsaydim mehr
Yuragingdan olsam edim joy
Yuragingda ismim bitilgan
Muhabbatga iqror bo’lsaydim
Yuragim u yana qiynalar
Sevgimizga to’siqdir ne dart
Seni hech kim tortib ololmas
Mendek oshiq majnun dilidan
Armon bog’i yo’llarimni bog’lagan
Hijron dog’ qalbim to’ri tirnagan
Yorsiz visol dardi meni qiynagan
Sensiz kunlar menga og’ir sevgilim
Balki kimdir kular mening ustimdan
Javobi yo’q mening mungli sevgimdan
Men seni sevaman sevaman seni
Yuragim to’rida isming saqlayman
Ramazon Ziyodullayev
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев