-O‘g‘lim, sendan iltimos faqat kayf-safoni yaxshi ko‘radigan buzuq va farosatsiz ayollarga yaqin yurma. Bu ma’naviy qadriyatlarning qashshoqlashuvi bo‘lib, tentaklik va bema’nilikdan boshqa narsani yaratmaydi. Bu ayollar seni kuchli qilmaydi, ular hayotingni xatolarga to‘ldiradi va bu hayosizlik senga hikmat ham, teranlik ham bermaydi.
Sinchkov bo‘lib, ajratishni o‘rgan. Xushomad va maqtovlarni sochma, iltifotli va marhamatli bo‘l, qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ayollarni hurmat qil, chunki sen erkaksan, bu shunchaki maqtov emas, bu kuchdir. Qoqilgan odamni kamsitish va dilini og‘ritishga yo‘l bermaydigan kuch.
O‘zingga, ishingga va hatti-harakatlaringga mas’uliyatli bo‘l. Har bir qadaming o‘zing, inson va Olloh oldida javobi bilan bo‘lsin. Yengiltak va mulohazasiz bo‘lma. Xatoga yo‘l qo‘yishing mumkin, keyin o‘qib, harakat qil va har bir xato seni kuchli qilishini anglab ol. O‘zingga achinma. Odamlarga yordam ber, faqat o‘zingni xursand qilish uchun yashama, buning uchun bu dunyoda ham, u dunyoda ham taqdirlanasan. Keng yurak va qalbi bor buyuk inson bo‘lgin. Irodali bo‘lgin, hech narsadan qo‘rqma, qo‘rquv bo‘lsin, lekin shu qo‘rquvni yengadigan kuch va intilishga erishgin. Erkak nomiga sazovor bo‘lgin. Sof nigohing va erkin fikrlaring bo‘lsin. Yuraging begona odamlar va soxta qadriyatlar, bid’atlar ta’sirida xiralashib qolmasin.
Menga ishongin, sevgan ayoling ikki tomchi suvdek senga o‘xshash bo‘ladi. Sen kabi kuchli va dono. Xuddi shunday yo‘lidan adashib ketgan, lekin o‘z yo‘lidan o‘z haqiqati va ishonchi bilan yuradigan.
Mayli uning yuragida jarohatlar bo‘lsin, yanglishgan bo‘lsin, lekin bu ongli ravishda qilingan tanlov, hayot uchun yagona tanlov bo‘ladi. Mayli uning tili o‘tkir bo‘lar, lekin samimiy bo‘lsin. Bunday inson seni aldamaydi va xiyonat qilmaydi. Sen uni ko‘zlariga qarab bilib olasan, chunki haqiqat alangada porlaydi.
Qo‘rqma, qalbingga quloq sol — u senga barini so‘zlaydi. Menga ishon o‘g‘lim, u ham seni izlagan. Xuddi unda butun hayotingizni ko‘rgandek bir-biringizni nigohlaringiz bilan bilib olasiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев