Asab tarang yoqmaydi xech kim.
O'z -o'zimga pichirlayman jim.
Sog'indimmi balki Otamni,
Sog'indim men yoki Onamni..?
Musofirni oshin yedim men,
Osh yeguncha o'tin terdim men,
Yig'i keldi trik yetim men.
Sog'indimmi balki Otamni,
Sog'indim men yoki Onamni.
Qalbim yig'lab, kulib turibman.
Kecha tunda tushda ko'ribman,
G'amgin xomush bo'lib yuribman.
Sog'indimmi balki Otamni,
Sog'indim men yoki Onamni.
Qo'lim ishga bormaydi yetim.
Alamimdan, sho'r yerni tepdim.
Naxot buncha, yomon zeriktim.
Sog'indimmi balki Otamni,
Sog'indim men yoki Onamni.
Afsus ular mendan yirog'da,
Yonayapman unsiz firog'da,
Xayot meni qiynagan chog'da,
Sog'indimmi balki Otamni,
Sog'indim men yoki Onamni.
Yolg'iz sezsa ezilar odam,
Qon yig'ladim yetmay irodam.
Alloh o'zing ber menga yordam.
Sog'indimmi balki Otamni,
Sog'indim men yoki Onamni.
Boray desam yo'q ekan chora.
Xayot qiyin, bo'ldi tobora.
O'zim darvesh, yurak bechora.
Sog'indimmi balki Otamni,
Sog'indim men yoki Onamni.
Odam qildi xayot maktabi,
Lek bitmadi dunyoning kami,
G'amlar meni sog'ingan kabi,
Sog'indimmi balki Otamni,
Sog'indim men yoki Onamni.
Ko'z oldimda nurli bir timsol.
Biri otam, biri munis ayol.
Vatan tomon tortadi xayol,
Sog'indimmi balki Otamni,
Sog'indim men yoki Onamni.
O'z xolimga o'zim kulaman,
O'z dardimni o'zim bilaman.
Bir ko'rmasam agar o'laman,
Sog'indim men aniq Otamni,
Sog'indim men, juda Onamni...!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1