Bu usulda tayyorlaniladigan baliq juda sersuv, mayin va xushboy bulib pishadi.
Masalliqlar:
800 gramm losos balig'i filesi
50 gramm eritilgan sariyog'
60 gramm suyuq asal
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
yarimta limon sharbati
yarim bog' kashnich
2 choy qoshiq tuz
ta'bga qarab qora murch
Tayyorlash.
Qadam 1 Tugllandi.
Cho'pchalarni suvga ivitib qo'yamiz (15-20 daqiqa).
Qadam 2 Tugllandi.
Tog'orachaga marinadni tayyorlab olamiz. Buning uchun suyuq asal, eritilgan sariyog', limon sharbati, ko'katlar, maydalangan sarimsoq piyoz solib, tuz va murchni ham sepamiz.
Qadam 3 Tugllandi.
Baliq filesini po'stini shilib tashlab, o'zidan bir xil kattalikdagi to'rtburchaklarga kesib chiqamiz.
Qadam 4 Tugllandi.
Baliq bo'lakchalarini marinadga solib, aralashtiramiz va 15-20 daqiqaga qoldiramiz.
Qadam 5 Tugllandi.
Cho'pchalarga 3-4 tadan baliq bo'laklarini terib chiqamiz.
Qadam 6 Tugllandi.
Tagi olmaydigan tova yoki qozonga yog' solmasdan, 3-4 daqiqa har bir tarafini qovurib olamiz.
Issiqligida salat yoki garnir bilan birga dasturxonga tortamiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев