Hammaga yashash uchun 24 soat beriladi. Hayot mana shu – bizga berilgan lahzalar sarhisobi. Toʻgʻri, u qisqa. Ammo qadriga yetib, oʻtkinchi hayotning mohiyatini tushunib oqilona yashalsa, bu – bir marta huzurlanib yashash uchun yetarli fursat. Garchi hayot yillar bilan oʻlchansa ham, biz umr deganda baxtli daqiqalar, goʻzal xotiralarni eslaymiz.
Aytishadiku, bir kunlik umrda ham bir asrlik hayot kechirsa boʻladi. Buning uchun esa quyidagi qoidalar ham yordam beradi.
✅24 soatni faqat oʻzingizga sarflamang.
Boshqalar uchun qaygʻurish, boshqalarga dalda boʻlish va boshqalar bilan fikrlashishni kanda qilmang. Hayotingda maʼno yoʻqligini sezgan kuningiz atrofga boqing va odamlarga yordam qoʻlini choʻzing. Bu yaxshiligingiz yashashingiz uchun sabab boʻladi.
✅Hayot siz uchun nimani anglatishini aniqlang.
Oʻzingizning hayotdagi soʻnggi yillaringizda tasavvur qiling. Bu – hayot! Va siz oʻsha mahalda oʻtgan umringizni qanday tasavvur qilib, nima deb izohlagan boʻlar edingiz? Hayot – goʻzallik, muhabbat, joʻshqinlik, yaratuvchanlik va qiziquvchanlik mujassam boʻlgan muqaddas ibodatxonadir. Ibodat esa – ezgu amal va ezgu fikrni anglatadi.
✅Kelajakda yashashni bas qiling.
“Bir kuni”, “vaqtim yoki imkonim boʻlganida” degan rejalar koʻpayib ketsa, bir zumga toʻxtang va oʻzingizdan “nimaga hozir yoki bugun emas?” deb soʻrang. Hayot afsuslar bilan uygʻonish uchun qisqalik qilishini his eting. Har kuni sizga tirikligingizni eslatadigan biror ish qiling.
✅Koʻproq baxtiyor va samimiy odamlar davrasida boʻling.
Ular hayotni boshqalarga qaraganda yaxshiroq his qilganlari uchun ham, uni yorqinroq koʻradilar. Siz ham ulardan ijobiylikni oʻrganing. Unutmang, yoʻqotilgan vaqt – biz yashay olmagan daqiqalardir.
✅Dardga matonatli boʻling.
Ogʻriq va qaygʻular umrimizning kunlarini oʻgʻirlaydi xolos. Hayot sizga limon otganida, siz undan limonad tayyorlang. Aytishadiku, sinovlarga seni kuchsiz qilishlariga yoʻl qoʻyma. Aks holda, hammasini yana boshidan boshlashga toʻgʻri keladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев