g`amu-alammi?
Mening yolg`iz dardkashim Oq qog`ozu- qalammi?
Yozaversam dardlarim,
Ado bo`lay demaydi. Mening
shuncha kuyganim
Ul bevafo bilmaydi. Qog`ozning ham yuzlarin
Qaro qilib tashladim.
Bilib turib o`z boshim Balolarga boshladim. Deyishardi hech ham
sevma,
Sevgi faqat qiynoqdir.
Shirin dami bir onlik, Misoli bir chaqmoqdir. Qarshi chiqdim barchaga Menda unday bo`lmaydi. Uning ishqi haqiqiy,
Sevgisi hech o`lmaydi.
Adashibman bilsam men, Yorim
ekan bevafo. Sevgi dardi
bunchalar, Bo`lar ekan bedavo.
Kuzda yog`gan yomg`ir kabi, Ko`z yoshlarim to`kadi. Ul yoshlarga mening oppoq Orzularim cho`kadi.
Ul bevafo yurar shodon,
O`zga yor-la kulishib.
Men yashayman hali hamon Sevgi bilan olishib.
Sevgi deydi men shundayman,
Qutulmaysan mendan hech. Men unga yolvorib deyman,
Iltimos sen mendan kech.
Bu dunyoda endi ortiq
Yeg`lashni hohlamayman. O`zi ojiz yuragimni Qiynashni
hohlamayman.
Bir nokas yor tufayli
Umrim hazon bo`lmasin.
Sevgining bozorida Narhi arzon bo`lmаsin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев