MUSTAQIL
O’RGANAMIZ
Guruh kimlar uchun?
Bu guruh asosan quyidagi toifa insonlar uchun mo’ljallangan.
-Turktilini mutlaqo boshidan o’rganmoqchi bo’lganlar uchun.
-Turktilini oz biladigan va bu tilni yanada mukammal o’rganmoqchi bo’lganlar uchun.
- Turkiyaga borish oldidan bu tilni tezkor o’rganish istagida bo’lganlar uchun.
- Guruhdan turktilini o’rgatuvchi o’qituvchilar ham qo’llanma sifatida foydalanishlari
mumkin.
-Turk tilidagi kitoblarni o’qiy olish, turkcha filmlarni anglash istagida bo’lganlar uchun
va hokazo.
Guruhdan qanday foydalanish mumkin ?
Bu guruh orqali siz Turk tilini mustaqil o’rganishingiz ham mumkin. Agar ustoz
yordami bilan o’rgansangiz yanada oson o’rganasiz. Ammo ustoz topa olmasangiz bu
guruhni diqqat bilan o’rganishingiz lozim. O’zingizga har kun bir soat ajrating va shu
soat ichida bir kunlik darsni o’qib o’rganing. Shuni unutmang-ki, bir kunning darsini
to’liq o’qimay turib keyingi darsga o’tmang. Guruhda ba’zi so’zlarni rus tilidagi
tarjimasi ham qo’shib yozildi. Chunki ko’p kishilar bu so’zlarga odatlanib asl
o’zbekchasini ishlatmay qo’yganligini hisobga oldik. Masalan: “o’rindiq” so’zi bilan
birga “kreslo” so’zini birga yozdik.
Guruhda har kunlik yodlash uchun so’zlar mavjud. Siz bu so’zlarni yodlagach
mashqlarni bajarasiz. Berilgan matnlarni o’qiysiz. Iloji bo’lsa matnlarni ovoz chiqarib
o’qing. Guruhdan foydalanish davomida turk tilidagi filmlari yoki multfilmlarni
tomosha qilsangiz o’rganish yanada qiziqarli bo’lib talaffuzni ham o’rganasiz.
Hurmat ila admin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3