Sog'inch dardi yuragimga yor ekan
Ne qilayin, mening nordon hayotim
Kimga qayg'u, kimlargadir or ekan
Samo ramzi quyosh bilan oy ekan
Yerning ko'rki tog'-u toshlar, soy ekan
Nahot boylik inson talpingan chiroy
Pul aslida qalbni teshgan yoy ekan
Yolg'izlikda yupanchig'ing qor ekan
Dil yonsa gar qish qahri bekor ekan
Keng o'rmonlar, shovqin-suron shahar ham
Yosh qalqigan ko'zlarimga tor ekan
Eng totlisi uyingdagi choy ekan
Eng baxtiyor yurtda yurgan boy ekan
Taqdir sinar sabrimni ming bor
Soginch hissi yuvsa ketmas loy ekan
Musofirlik peshonamda bor ekan
Omonat qalb olislarda xor ekan
Eh Sanjarning eng katta xatosi bu
O'g'lim deya onajonim zor ekan
O'z ijodimdan...
Sanjarbek Jo'rayev 16.06.2017
Barchani Musofir sog'inchi guruhimga taklif qilaman http://ok.ru/group/53264546005108
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев