Ayolning uyqusi
kelmay shiftga tikilib yotar, közlari
yig'idan shishib ketgan, boshi
tars yorilgudek og'riyapti. Bugun
suyukli eri birinchi bor unga qöl
kötardi. Yetti yil bir yostiqqa bosh
qöygani, özi tanlab sevib turmush
qurgani... Tarsaki ovozi shunchalik
qattiq chiqdiki,
yonlarida ötirgan ikki yoshli
ög'ilchasi onasiga qöshilib yig'lab
yubordi. Olti yoshli qizalog'i esa
qöshni xonadan yugurib keldi. Nima
bölganini tushunmay hayron… Ayol
yon tarafga boqdi, eri yöq.
Chekkani chiqqandir. Faqat qattiq
siqilganida, ba'zan sigareta oladi
qöliga. Аyol özini aybdor his qila
boshladi. Bir gapdan qolmay teng
aytishgani uchun. Eri tag'inam sabrli,
boshida tög'ri tushuntirishga harakat
qildi. Lekin "Siz ham erkakmisiz?”
degan gapga har qanday erning sabr
kosasi tölsa kerak. U özini bosib
olgan, ichmaydi, yomon
odatlari yöq, xotinboz emas. Faqat
biroz yetishmovchilik bor
oilada. Bugungi janjal ham eri
bolalari sevadigan “Chokotellа”
kremini olib
kelmagani uchun chiqqandi. Shunga
noshukrlik qilgani uchun ayolning
vijdoni qiynadi. Uxlay
olmayotgani sababi ham tarsaki
emasdi. Bаlki erining dilini
og'ritgani uchun özidan xafa edi...
Eridan xavotir olib eshikni ochdi,
uning
bolalar xonasi oldida turganini körib
hayron qoldi. Erining qölida bir
parcha qog'oz bor edi,
közlaridan esa yosh oqardi. Ayol bu
manzaradan qotib qoldi, erining
közlari namlanganini
birinchi bor körishi edi. Bildrimasdan
joyiga kelib yotdi…
Мiyasida ming hayol… Ertasiga eri
özini hech narsa bölmagandek
tutar, doimgidek kulib, hazillashib
bolalarini öynatardi. Оradan bir hafta
ötgach ham ösha voqea haqida söz
ochilmadi, ayolning köngli ham
tinchlangandek böldi. Yakshanba
kuni kiyimlarni yuvishga
shaylangan ayol erining shimi
chöntagidan bir parcha qog'oz
topib oldi. Undagi yozuvlar kimniki
ekanligini darrov angladi, qiyshiq
harflar bilan bitilgan
maktubni öqirkan qizalog'i köz oldiga
keldi: “Ey Хudо, iltimos, dadam
oyijonimni urmasin... Endi hech
qachon
“ chocotella yemayman ...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1