1⃣ Omadsizlik – bu ishni qaytadan boshlash degani, lekin bu safar siz yanada aqilliroqsiz.
Genri Ford
2⃣ Agar muammoning yechimi bo’lsa, bu haqida qayg’urishni hojati yo’q. Agar muammoni yechimi bo’lmasa, bu haqida qayg’urishdan ne hojat.
Dalay Lama
3⃣ Agar siz buyuk iqtidor egasi bo’lsangiz ham, natijani olishingiz uchun vaqt kerak bo’ladi: axir siz bolani bir oyda qo’lingizga ola olmaysizku, hatto ayol kishini homiladorligiga amin bo’lsangiz ham.
Uorren Baffet
4⃣ Omad kaliti qo’lingizga tushish arafasida tursada siz piva xonada o’tirganingizda buni qayerdan ham bilardingiz. Mark Tven
5⃣ Bizning katta kamchiligimiz tezda ishdan noumid bo’lib, qo’llarimizni siltashimizdadir. Omadga erishishning yo’li esa har doim harakatda bo’lishdir. Tomas Edison
6⃣ Ertalab uyg’onganingizda o’zingizdan so’rang: “Men nima qilishim kerak?” Tunda uxlashdan oldin: “ Men nima ish qildim?”.
Pifagor
7⃣ Bechora, omadsiz, baxtsiz va kasal – bu “ertaga” so’zini ko’p ishlatadigan insondir. Robert Kiyosaki
8⃣ Keksalar yoshlarga pulni tejash haqida uqtiradilar. Bu yomon maslahat. Pul yig’mang. O’zingizga ishlating. Men qirq yoshga kirmagunimga qadar bir dollar ham tejamaganman. Genri Ford.
9⃣ Men buni xohlayman va bu bo’ladi.
Genri Ford
🔟 Men yutqazmaganman. Men faqatgina 10000 ta ishlamaydigan usullarni topganman.
Tomas Edison
1⃣1⃣ Og’ir mehnat – bu siz bajarishingiz kerak bo’lgan, lekin bajarmagan, yig’ilib qolgan yengil ishlardir.
Jon Maksvell
1⃣2⃣ Men oldin shunday gapirar edim: “Men hamma narsa o’zgaradi deb umid qilaman”. Keyin bilsam , hamma narsa o’zgarishi uchun – men o’zim o’zgarishim kerak ekan. Jim Ron
1⃣3⃣ Men butun hayotim davomida iqroq bo’lgan va rioya qiladigan saboq, bu hech qachon taslim bo’lmasdan – harakat, harakat va yana harakat qilish lozim!
Richard Brenson
Siz bugun boshqalar qila olmaydigan ishlarni qiling va shunda ertaga siz boshqalar yashay olmaydigan tarzda hayot kechirasiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев