Londonliklar "Byornli" mehmoni bo'lishdi va durangga imzo chekishdi.
Uchrashuvning debyutida Pedro mezbonlar darvozasini ishg'ol qilganidan keyin bugun ham Konte shogirdlari oson g'alabani qo'lga kiritishadigandek ko'riingandi. Ammo bahsning 25-daqiqasida "Byornli" futbolchisi Robbi Breydi jarima zarbasi orqali Kurtua qo'riqlayotgan darvozaga juda chiroyli gol urdi.
O'yinning qolgan daqiqalarida "Byornli" futbolchilari yaxshi himoyalanib, "Chelsi"ga xavfli vaziyat yaratish imkoniyatini berishmadi.
Durang natijaga qaramay, APL peshqadami 2-o'rindagi "Tottenxem" va "Arsenal" bilan ochkolar farqini 10taga yetkazdi. "Manchester Siti" ertaga g'alaba qozonib, 2-o'ringa chiqib olish va "Chelsi" bilan farqni 8taga yetkazish imkoniyatiga ega.
APL, 25-tur
Bernli – Chelsi 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 7 Pedro, 1:1 – 24 Breydi.
Bernli – Xiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd, Barton, Vestvud, Breydi (Arfild, 65), Barns, Grey (Vouks, 82).
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich (Fabregas, 67), Mozes (Villian, 72), Pedro (Batshuayi, 87), Kante, Azar, Diego Kosta.
Ogohlantirishlar: Vestvud (69), David Luiz (75), Louton (77), Barton (88), Fabregas (89).
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев