1. Qirg‘iziston (60 kungacha), Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.
2. Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Tailand, Yaponiya, Shveysariya va Chexiya fuqarolari uchun viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladi.
Ushbu davlatlar turistlariga 1 oygacha bo‘lgan muddatga va ishbilarmonlariga 1 yilgacha (Malaziya ishbilarmonlariga — 6 oygacha) bo‘lgan muddatga ko‘p martalik viza beriladi. Bunda ulardan turistik vaucher yoki O‘zbekistondagi taklif qiluvchi yuridik va jismoniy shaxsning taklifnoma bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi talab etilmaydi. Viza 2 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi (hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari).
3. Korea Respublikasi (60 kungacha), Braziliya, Latviya, Ruminiya, Slovakiya, Turkiya va Vengriyaning diplomatik pasportga ega bo‘lgan fuqarolari uchun 90 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz rejim o‘rnatigan. Diplomatik pasportga ega bo‘lgan va ushbu davlatlarning diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasalarining xodimi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan fuqarolari hamda ularning oila a’zolari vizasiz kirishlari va butun ish faoliyati davomida bo‘lishlari mumkin. Bundan tashqari Ruminiya va Slovakiyaning xizmat pasportiga ega bo‘lgan fuqarolari uchun ham 90 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz rejim o‘rnatilgan.
4. O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro kelishuv asosida vizalarni konsullik yig‘imlari undirmasdan beradilar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев