Hozir soch to'kilishiga qarshi juda ko'p vositalar ishlab chiqilgan. Bunday vositalarning ommabop bo'lib ketayotgani zamonaviy dunyomizdagi ko'plab omillarga bog'liq: ekologik vaziyatning yomonlashuvi, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatliligining tushib ketishi, stress va kishilarning yomon salomatligi ko'payib borayotgani.
Sochlarning kuchli to'kilishiga faqat trixolog shifokor tashhis qo'yishi va davolashi mumkin. Odamlar asosan avitaminoz yoki turli surunkali kasalliklarning kuchayishi tufayli mavsumiy soch to'kilishidan shikoyat qilishadi.
Soch to'kilishiga qarshi xalq tabobati vositalari esa salonlarga bormasdan, sochlarini uyda mustahkam qilmoqchi bo'lgan kishilar orasida juda ommabopdir. Quyida sochlaringizni ko'p to'kilishdan saqlaydigan, ularni chiroyli, jiloga boy va qalin qiladigan bir nechta retseptlarni keltiramiz. Ularni bemalol uyda qilishingiz mumkin.: Sochingiz juda yog'li bo'lsa, yuvilgan va quritilgan sochlarga va boshga qichitqi o't (krapiva) damlamasini surish kerak bo'ladi. Buning uchun bir osh qoshiq qichitqi o'tga bir stakan qaynab turgan suv quyiladi, damlanib qo'yiladi va keyin dokada suzib olinadi.
Ovqatdan oldin yangi uzilgan piyozni iste'mol qilish zaif sochlarni mustahkamlaydi. Sochlar to'kilishiga qarshi ishlatiladigan yog'ni (masalan, sochlarni yuvishdan bir yoki yarim soat oldin chakamug' yog'i, zaytun yog'i) sochlarning iltiziga ishqalab surtish kerak. Shuningdek, buning uchun kanakunjut nastoykasi ham xuddi shunday sochlarning ildiziga ishqalanadi. Jo'ka (lipa) damlamasi quruq sochlar to'kilishini to'xtatadi (ikki osh qoshik jo'kaga bir litr qaynab turgan suv quyiladi va yigirma daqiqaga damlab qo'yiladi). Ushbu damlamani sochlarni chayish uchun qo'llasa ham bo'ladi. Bundan tashqari, uy sharoitida soch to'kilishiga qarshi niqoblarni ham tayyorlash mumkin: Qariqiz (lopux)ning maydalangan ildizi (40 g) 10 kun davomida zaytun yog'ining ichiga solib qo'yiladi (10 kun) va 15 daqiqa past olovda qaynatiladi. Konyak, piyoz suvi va qariqiz (lopux) ildizi damlamasidan iborat aralashma (1:4:6 qism) bosh terisiga ishqalab suriladi. Boshni sochiq bilan o'ragan holda niqob bir soat ushlab turiladi. Qichitqi o't (krapiva) barglaridan tayyorlangan damlama (100 g) suv va sirka (500 g) bilan aralashtiriladi va yarim soat qaynatiladi. 40 daqiqa davomida tindirib qo'yiladi, dokada suzib olinib, keyin sochlarni ho'llash kerak.Ko'p holatlarda soch to'kilishiga ularning sinuvchanligi ham sababchi bo'ladi. Soch to'kilishiga qarshi shampunlarning aksariyati aynan shunga qarshi ta'sir qiladi. Shampuningizning ta'sirini kuchaytirish uchun unga soch to'kilishiga qarshi qitaminlarni qo'shishning o'zi kifoya. Masalan, shunday vitaminlarga E vitamini kiradi.Soch to'kilishiga qarshi vitaminlar turli niqoblar uchun asosga aylanishi mumkin. Ularni tayyorlash uchun ikki choy qoshiqdan limon suvi, A vitamini va yog'li E vitamini, kanakunjut moyi (kastorovoye maslo) va dimeksid (yallig'lanishga qarshi vosita) aralashtiriladi. Soch to'kilishiga qarshi moy soch ildizlari va sochning o'ziga suriladi, ustidan plyonka bilan, keyin esa sochiq bilan o'raladi yoki shapka kiyiladi. Bu niqobni bir soat ushlab turish kerak, so'ngra shampun vositasida yaxshilab yuvib tashlanadi. Agar bunday muolajalardan keyin ham soch to’kilishiga barham berilmasa, soch to'kilishi tashxisi va uni davolash bo’yicha trixolog shifokorga murojat qiling.
1. Boshingizni yaxshilab yuvib arting, qurisin. Unga 15-20 famm miqdordagi asalni bir tekis qilib surting. Bir soat atrofida shunday tursin. Keyin iliq suv bilan yuvib tashlang. Agarda bir osh qoshi q dagi asalni qaynatib iliq holga kelgan suvda eritib shu vaqgda ichib tursangiz muolajaning nafi ortadi.
2. Propolisni spirtdagi 10 foiz li eritmasini boshingizga surkang. Shu eritma bilan sochingizni chayqang. Bu muolaja sochingizni tez o'stiradi.
3. Bir bosh sarimsoqpiyoz, bir osh qoshiq qatiq, bir choy qoshiq asalni aralashtirib 20 daqiqa muddatga soch ildiziga surtib qo'ying. Bu muolajani har 2 kunda bir, 10 marta taqqoslang.
Bahor va kuz fasllarida soch to'kilishini kuzatamiz. Bu tabiiy holat, albatta. Ammo soch to'kilishining boshqa sabablari ham bo'lishi mumkin, ya'ni soch to'kilishi organizmdagi muayyan kasalliklardan dalolat beradi. Boshqacha qilib aytganda, organizm o'zidagi kasallik haqida soch to'kilishi bilan javob qaytaradi. Quyida qaysi kasalliklarda soch to'kilishi mumkinligi haqida so'z yuritamiz hamda soch to'kilishiga qarshi tabiiy vositalarni ko'rib chiqamiz.
Sochning to'kilish sabablari turlicha bo'ladi. Ko'p hollarda ular organizmdagi muayyan kasallik bilan bog'liq:
Asab tizimi terida yog' ishlab chiqilishini va sochlarning o'sishini tartibga soladi, shu bois stress sochlarning to'kilish jadalligiga kuchli ta'sir qiladi. Aytish joizki, sochlarning to'kilishi darrov namoyon bo'lmaydi, faqat keskin vaziyat bo'lib o'tganidan keyin ikki yoki uch oydan so'ng to'kila boshlaydi.
Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi. Gormonlar ko'p ishlab chiqarila boshlanganida (ya'ni giperteriozda) sochlar to'kilishi kuchayadi va soch erta oqaradi. Qalqonsimon bezlar gormoni yetishmaganida (gipoteriozda) esa, manglay yonidagi va ensadagi sochlar to'kiladi.
Yetarli darajada ovqatlanmaslik soch to'kilishi A va B vitaminlari hamda temir moddasi tanqisligi tufayli yuz beradi.
Soch to'kilishini qanday to'xtatish mumkin?
Hozir soch to'kilishiga qarshi juda ko'p vositalar ishlab chiqilgan. Bunday vositalarning ommabop bo'lib ketayotgani zamonaviy dunyomizdagi ko'plab omillarga bog'liq: ekologik vaziyatning yomonlashuvi, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatliligining tushib ketishi, stress va kishilarning yomon salomatligi ko'payib borayotgani.
Sochlarning kuchli to'kilishiga faqat trixolog shifokor tashhis qo'yishi va davolashi mumkin. Odamlar asosan avitaminoz yoki turli surunkali kasalliklarning kuchayishi tufayli mavsumiy soch to'kilishidan shikoyat qilishadi.
Soch to'kilishiga qarshi xalq tabobati vositalari esa salonlarga bormasdan, sochlarini uyda mustahkam qilmoqchi bo'lgan kishilar orasida juda ommabopdir.
Quyida sochlaringizni ko'p to'kilishdan saqlaydigan, ularni chiroyli, jiloga boy va qalin qiladigan bir nechta retseptlarni keltiramiz. Ularni bemalol uyda qilishingiz mumkin.:
Sochingiz juda yog'li bo'lsa, yuvilgan va quritilgan sochlarga va boshga qichitqi o't (krapiva) damlamasini surish kerak bo'ladi. Buning uchun bir osh qoshiq qichitqi o'tga bir stakan qaynab turgan suv quyiladi, damlanib qo'yiladi va keyin dokada suzib olinadi.
Ovqatdan oldin yangi uzilgan piyozni iste'mol qilish zaif sochlarni mustahkamlaydi.
Sochlar to'kilishiga qarshi ishlatiladigan yog'ni (masalan, sochlarni yuvishdan bir yoki yarim soat oldin chakamug' yog'i, zaytun yog'i) sochlarning iltiziga ishqalab surtish kerak. Shuningdek, buning uchun kanakunjut nastoykasi ham xuddi shunday sochlarning ildiziga ishqalanadi.
Jo'ka (lipa) damlamasi quruq sochlar to'kilishini to'xtatadi (ikki osh qoshik jo'kaga bir litr qaynab turgan suv quyiladi va yigirma daqiqaga damlab qo'yiladi). Ushbu damlamani sochlarni chayish uchun qo'llasa ham bo'ladi.
Эркакларда кайси омилларга асосланиб соч тукилади? олдин шуни аниклаб оламиз.
Демак:
----ишдаги стресслар, кийин хисоб-китоблар, иш буйича жиддий тортишувлар
----тери билан боглик касалликлар,
----иммун тизимнинг пасайиши
----нотугри ва пала-партиш овкатланиш
----организмнинг ички касалликлари
----экологик омиллар, (химикатлар шу кабилар билан ишлаш) окибатида сочлар тукилади.
Сочи тез-тез тукулиб турадиган аёл ва эркаклар учун
1. арок (норм градусли, спирт ишлатманг)
2. калампир (куритилгани)
3. 1 дона тухум керак булади,
Тайёрлаш жараёни арок ва калампир 3 кун чатиштириб куйилади, аралашмага тухумни кушамиз. Факат бошнинг илдизига эмас, балки никоб тарикасида сочни толасигача суртиб куйса булади.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 68