--- Internet saxifalarini kuzatar ekanman, har kun, yoki har hafta, yo bo'lmasa bir- oyda, bir--qancha O‘zbekistonliklar Rossiya Fedratsiyasida qurbon bo'ladi.O'zbeklarning halok bo'lishiga kim aybdor?va nima sabab?Bilasizlarimi?Aziz Yurtdoshlar oxirgi vaqtlarda hatto internetga kirishga ham qo'rqib qoldim, chunki yashin tezligida tarqaliyotgan nohush xabarlar yurak bag'rimni ezadi.
Mahzun bo'lgan holda o'yga tonaman, nahotki, yana O'zbeklar deb qolaman.!!!
-- Bugun bir yamon xabar tarqaldi.Yana bir O'zbek Mosskva shahrida halok bo'ldi.Qizig'i bu Vatandoshimizning qotili O'ris, yoki Tojik emas, balki O'z Yurdoshimiz bo'lib chiqdi.Aytingchi? bizlarga nima bo'lyapdi.O'zi???
O'zbek! O'zbekni! aroq ichib o'ldirsa!
O'zbek! O'zbekni! aldab molini, pulini, olib qochsa!
O'zbek O'zbekning Ustidan kalaka qilib kulsa!
O'zbek O'zbekni ishiga ko'z olaytirsa!
O'zbek O'zbekni qo'llab quvvatlash o'rniga qavin tushirsa!
O'zbek O'zbekni Sotsa, o'z millatdoshi sha'niga bo'lmag'ur gaplarni aytsa!
O'zbek O'zbekdan or qilsa, bu mining Yurtdoshim diyishdan uyalsa!
O'zbek O'z Yurtdoshiga keling sizni Vatangacha Avtobuzda arzon olib borib qo'yaman deb sodda millatdoshini pulini aldab olib, yarim yo'lga tushirib qochsa!
O'zbek O'zimga bekman deb bir Vatandoshi ko'z o'nggida, kuppa kundizi, Rus millatparsti tamonidan sig' tiqib O'ldirilayotganida Quyon kabi qaltirab qo'rqib kuzatib tursa!
O'zbek O'zbekni ko'rishga ko'zi, otishga o'qi bo'lmasa!
O'zbek O'zbekni xo'rlasa, bu mening Millatdoshim shuni qo'ltig'idan kiray qiynalib qolibdi,deyish o'rniga oyog'idan tepib yeqitib, yanchisa!
O'zbek O'zbekni Obro'sini to'ksa, Sha'niga haqoratli so'zlarni yog‘dirsa!
O'zbek, O'zbek bilan bir davrada o'trolmasa, O'tirsa ham bir--biriga pichoq tiqib qatil etsa bu qandayin Yurtdoshlik qani? mehr--oqibat, qani? Vatandoshingga bo'lgan hurmating sevging!
O'zbek o'z ayol yurtdoshi ish so'rab kelganida U bechora ayolga tijgohlik qilsa u ham yetmaganidek U ayolni boshqa Millat vakillariga sotsa.
O'zbek O'z Vatandoshini bu Andijonlik bu Qashqadaryolik bu Buxorolik deb ayirsa va Yordam ko'rsatish o'rniga Ruslarning yoki Dagistanliklarning, pinjiga kirib olib, buni ishga olma yoki buni ishdan hayda bu O'zbek o'g'ri yoki jinoyachi desa.
Nahotki shunchalar tuban bo'lib ketdik!
Bir ikki yuz aqsh dollariga Millatdoshimizni sotsak!
Millatdoshini sotgan odam!
O'z Vatanini ham Sotadi.
Keling Ey O'zbek xalqi? Tojiklardan o'rnak olaylik
Nohot--ki bir Tojiklarcha bo'lolmasak, yaqinda bir tojik yigiti, Magazin qorovillari tamonidan urib o'ldirib axlatxonaga tashlab ketilgandi.Halok bo‘lgan, yigit magazida ishlagan ekan, shu kun kechqurin besh yuzga yaqin tojik xalqi yig'ilib, Magazin mamuriyatidan O'lgan Millatdoshini xunini talab qilib, haligi qottillarni bizga topshiring deb butun Mosskvani ayyoqqa turg'azdi.Mosskva mamuriyati yurdoshinggiz o'z ajali bilan o'lgan mana bu Doktar Tekshiriv qog'ozi deb arang qutildi.
Ha ko'zi ko'r,Qalbi ko‘r! O'zbek Vatandoshlarim ana hech bo'lmasa tojik Paxlavonlaridan o'rnak oling.
Yurtdoshini himiya qilish mana bunday bo'ladi.
U Tojiklar aytmadi.
Biz O'zbeklaga o'xshab, bu mening tanishim emas, minga nima demadi.Ular uchun muximi o'lgan yigit Tojikligi edi.
Mana bunday bo'ladi.Yurtdoshga Muhabbat, bu sevgi shunday kuchli--ke hatto o'zga yurtda bo‘l--turib o'zini, o'z tinchligini,ham o'ylamadi.Ular qo'rqmadi, hozir biz yig'ilsak bizni Politsiya ushlab qamab qo'yadi, keyin nima qilamiz demadi.Chunki ularning yuragi Otning boshidek katta Vatanga va Vatandoshiga bo'lgan mehri Dengiz kabi cheksiz edi.
Biz O'zbelar qachon O'rganar ekanmiz bir--birimizni himoya qilishni.
Har kuni o'ylayman bizning Ota bobolarimiz ham biz kabi, bir--birlariga mehirsiz bo'lganmi?
Tarixnimg shonli sahifalarini o'qir ekanman, ularning o'gitlari menga taskin beradi
--Birlashgan o'zar.Birlashmagan to'zar.!
Bir yoqadan bosh chiqar.!
Ayrilganni Ayiq yer,Bo'lunganni Bo'ri yer!
Oltinga teng bu so'zlarni ko'p davom ettirish mumkin lekin mana shunisi ham bizga yetarli.
Maqolam oxirida yuragim qaridan unsiz chiqayotgan bu nidoni sizga ham ilindim.
Sevekli Yurdoshim agar siz o'zinggizni o'zbekman deb bilsanggiz Shu narsani aslo Unutmang har bir o'zbekiston fiqorosi sizning akanggiz yo ukanggiz yo opanggiz yo singglizdir bir--birimizni qadirlaylik bu musofir yurtda vaqtinchalik mehmonmiz.
Mabodo ko'p gapirib qo'ygan bo'lsam,Sizlardan uzur so'rayman Aziz Yurdoshlarim.Umdimiz Ollohdan barcha Musofirchilikda yurgan Vatandoshlarimizni O'zing asra Ollohim bir--birimizga mehr--muhabbatli qilgin Ollohim!
Millatdoshlarim sizlardan iltimos bir--biringgizni qadringgizga yeting bu Rossiya o'tkinchi.Avvolo O'zinggizni asrang sizni ko'zlari to'rt bo'lib kutayotgan Ota--Onagiz Xotin--Bola chaqanggiz kutayapdi.Yodinggizdan chiqarmang O'zbekiston biz uchun abadiydir. shuning uchun qayirda bo'lmaylik o'zimizni avvolo O'zbek ekanligimizni unutmaylik Vatandoshlarim maqola muallifi “Dilshod Eshnazarov Turoniy.”
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев