Kimni
ko'rma,bugun qo'shiqchi.
Kimlar
edi kecha suxandon,
Bugun ular
hofiz-u xushxon,
Qo'shiqchida
ko'pmi sharaf-shon?
Kimni
ko'rma-bugun qo'shiqchi.
Duppa- durust shoir-daholar,
Hofizman
deb qilar da'volar,
O'zi kuylab,o'zi
baholar,
Kimni ko'rma,bugun
qo'shiqchi.
Qolib ketdi bir chetda
ketmon,
Qo'shiq aytar to'yma-to'y
dehqon,
Ashulachi bog'bon-u cho'pon,
Kimni ko'rma-bugun
qo'shiqchi.
Kuylar bugun jo'shib
tashmachi,
Kuylar bezori-yu
o'g'ri,bosmachi,
Kuylar hatto
buzuq,qo'shmachi,
Kimni
ko'rma,bugun qo'shiqchi.
Bilmas nima degani-Ustoz,
Bilmas nima
soz,ovoz,pardoz,
Yana o'shalar
zo'r,o'shalar mumtoz,
Kimni
ko'rma,bugun qo'shiqchi.
Qabrida
tik turar Ma'murjon,
Suyaklari
qaqshar Jo'raxon,
Lol-u hayron emish Komiljon,
Kimni
ko'rma,bugun qo'shiqchi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев