Dilim og'riganini his et deganim..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
Ketishing xoxlamadim
Hoh ishon hoh ishonma
Men bugun uxlamadim
Araz bo'lding bir zumda
Sensiz bir on ming kunda
Jonim o'tgan shu tunda
Men rostan uxlamadim
Ovozing qulog'imda
Dudog'ing dudog'imda
Ming hil o'y hayolimda
Men bugun uxlamadim
Endi nima bo'lar deb
Naxot sevgi so'nar deb
Yurak kimga ko'nar deb
Men bugun uxlamadim
Qaytgin endi bag'rimga
Ko'ngil degan shaxrimga
Jon kuydirib baxtimga
Men bugun uxlamadim
Qo'limdagi oppoq qush
Qaytmasang gar men xomush
Ko'rmay deya yomon tush
Men bugun uxlamadim
Diling dilga teng uchun
Ochiq feling keng uchun
Azizam bir sen uchun
Men bugun uxlamadim
Hayotimsan Muxlisam
Ketmagin endi bir dam
Sog'inib ketib biram
Men bugun uxlamadim
Qalb qo'ringga jim chaqir
Yuraklar bo'lsin ahil
Senga oshiq Abdullo
Shu bugun uxlamadi !!!