Jonim halak nima ham qilay, tinchitolmam qurg'ur yurakni.
Bir bor yana ko'rsam ey! Olloh, Oxu ko'zli o'sha malakni.
Balki o'sha bo'ladi panoh, to'xtatadi yurak halakni.
Mana kutilmagan tasodif, yana ko'rdim ey go'zal seni!
Yana ko'rdim ohu ko'zlaring, yana maftun ayladi meni.
Nega nigohingni olib qochasan? qiyosi yo'q go'zal parivash?
Unutdingmi kechagi kunni? Yodingdadir o'shal bir qarash?
Moviy ro'molingni uchirib shamol, seningdek sanamni ko'rsatdi menga.
Oh! Yurak yonadi bilmam bu ne xol? Ne azob,
Bu otash chidolmam nega, Nega so'zim juftlolmay,
Qarshingda turibman lol- u va hayron.
Bilmam nega o'zga kelolmay, hayolan so'zlayman so'zlarim biyron.
Nahot bu muhabbat, nahot shu sevgi! Bir bora nigohlarda yaraldi abad.
Taqdirmi, azalmi yoki bu belgi? Yo shunchaki havasmi? yoki MUHABBAT....??
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1