O'tgan ketgan qizlarga qarab,
Sochlarini orqaga tarab,
Bo'ydoqlikka yetmaydi do'stlar.
Ik kunda bir uchrashib kelar,
Sevaman deb aldashni bilar,
Telefo'nda do'st bilan sinar,
Bo'ydoqlikka yetmaydi do'stlar.
Gap otishni joyiga qo'yar,
Adashmasam bir oycha yurar,
Yana bizdan nomerin so'rar,
Bo'ydoqlikka yetmaydi do'stlar.
Qay birini aytayin sizga,
Yolg'on emas ishoning so'zga,
Hali bordir uylanishimizga,
Bo'ydoqlikka yetmaydi do'stlar.
Quvnoq o'tar bazida yoshlik,
Qaytib kelmas endi beboshlik,
Yosh otyapti qilmaymiz sho'xlik,
Bo'ydoqlikka yetmaydi do'stlar.
Shirin so'zni qaydan yotlaydi,
Vada berib chindan oqlaydi,
Gullar olib kunda yoqlaydi,
Bo'ydoqlikka yetmaydi do'stlar.
Xayot o'zi ajib yo'lakcha,
Bizda ham bor oddiy yurakcha,
Bo'ydoqlikni gashti bo'lakcha,
Bo'ydoqlikka yetmaydi do'stlar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев