Предыдущая публикация
Ishonmay qöysangiz borib köraylik!
Muhabbat savdosin boshga soldi-da.
Biram chiroyli qiz, biram chiroylik!
Oy kabi tölishsa, tölsa arziydi.
Dunyo malikasi, bölsa arziydi.
Bir bor kulushiga ölsa arziydi.
Biram chiroyli qiz, biram chiroyli!
Oydan oy yuziga zeb qöygim kelar.
Faqat menikisan, deb qöygim kelar.
Qoshlari chimrilsa, yeb qöygim kelar.
Biram chiroyli qiz, biram chiroyli!
Ilhom bor labini burmog'ida ham.
Bir gap bor jimgina turmog'ida ham.
Kamalak tovlanar tirnog'ida ham.
Biram chiroyli qiz, biram chiroyli.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев