Qadrli Mushtariy/ blogimiz mutolachilari,
ushbu blogda Muvaffaqiyat va omad sirlarini ochib beruvchi informativ maqolalar va shu mavzularda yozilgan Kitoblarni sizlar uchun o'qib undagi eng muhim fikrlarni sizlarga taqdim qilaman.
Bilarmidingiz? Amerikalik, "Boy odatlar" kitobi muallifi Tomas Korleyning yozishicha o'rtacha olib qaraganda o'zi millioner bolgan shaxslar buning uchun 32 yil harakat qilishgan. Va ularning 85%i har oyda 2 va undan ko'p kitob oqishgan buni hisoblab qarasak, 768 kitobga to'gri keladi. Muvaffaqiyat uchun 768 kitob!
Ular asosan: Karerasiga (mavqesiga) aloqador, Qanday qilinadi?, Tarixiy kitoblar, Muvaffaqiyatli insonlarning Biografiyasi, Xotirani yaxshilash va zakovat, Psixologiya, va Liderlik mavzularidagi kitoblarni o'qishgan.
Blogimizning aktualligi shundaki bu mavzularda O'zbek tilida yozilgan yoki unga tarjima qilingan bunchalik ko'p sonli kitoblarni rastalardan topish biroz mushkul. Men, Otabek ana shu mavzuda ingiliz tilida yozilgan ham qiziqarli ham foydali kitoblarni sizlar uchun o'qib undagi eng muhim fikrlarni sizlar bilan ulashaman.
Blog, sizlarga yoqadi degan umiddaman!
Hurmat bilan, Otabek
#welcome
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев