
Sevildim.
Kutdim,
Kuttirdim !
Sog'indim !
Sog'ntirdim !
Quvonchlar his etdim !
Rashk qilib o'zimdan ketdim!
Hijronlardan o'zimdan kuydim!
Kuysamda yana suydim!
Lekin ayrildim!
Sevgimdan emas.....
Sevgilimdan.
Sevgim qalbimni qiynaydi yomon.
Qalbim esa aqlimga bo'ysunmay
Yo'l olar sevgim tomon.
Axir endi menga sevgilim begona.
Buni sevgim tushunmas yagona
Tunlari bedor bo'ldi azobdan..
Yupanch izladim mayu sharobdan....
Hatto kechib yubordim ordan,
Lekin kecholmadim ul yordan.....
Nihoyat... Aqlim ila qalbim keldi bir qarorga.
Sevgimni ko'mmoq uchun yo'l oldim mozorga....
Yo'lda sevgim qalbimga qildi iltiho.
Lekin qalbimdan chiqmadi Sadooo...
Mana asta kirmoqdaman
Armon mozoriga.
Ne qilay chidolmadim sevgim ozoriga.
Qo'lga oldim majburlik belkuragin
Qaziy boshladim sevgimga qabr
Tiladim bu ishda o'zimga sabr
Tayyor bo'lgan qabirga tiriklayin ko'mdim sevgimni..
Qabr toshga yozdim shu atayin so'zlarni
Ochsin deb har ko'rganda ko'zlarim
Bundan boshqa yo`l yo'q edi sen uchun
Sevgisiz ham baxtli yashash mumkin
Bunga faqat ishonmoq kerak
Buning uchun do'st kerak mehr kerak..
Taqdir hukmi bilan shu bugun qo'ydim
Sevgimni Armon mozoriga ko'mdim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев