O’rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978 yilda bitirdi. Shoir 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillarda «O’zbekiston ovozi» gazetasida, O’zbekiston Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o‘qidi. 1997 yildan boshlab O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari lavoshmida ishladi.
M. Yusuf O’zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998) hisoblanadi. Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan edi. Bevaqt o‘lim shoirni oramizdan olib ketdi.
Kitoblari va she’rlari: «Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» (doston) va boshq.
Muhammad Yusuf «Men o‘z bilganimdan qolmadim» she’rida she’r va shoirlikni shunday anglaydi.
Quvroq bo‘l deyishdi. Yolg‘on ham kerak,
Jindak xushomad ham, quloq solmadim.
Oqni oppoq ko‘rdim, qorani - qora
Men o‘z bilganimdan qolmadim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men – alohida.
Ko‘zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.
Oy mening yelkamga
O‘tirib olgan,
Oftob g‘avg‘o solar
Yurgan yo‘limga.
Xayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo‘ydim ko‘nglimga.
Endi toshni tepsam,
O‘par izimni,
Yerga ag‘anasam –
Yer ham devona.
Barmog‘in o‘pgandim
Suygan qizimni,
Qo‘li yonib ketdi
Gurillab, mana.
Yondi,
Yonaverdi
Kokillari, so‘ng,
Charsillab yuragi
Yondi bearmon.
Yarmi yonim bo‘lgan
Ko‘ylagi bir yeng
Ishqning bayrog‘iga
Aylandi alvon!..
Va o‘pdim bayroqni
Men o‘sha alvon,
Olov tan,
Olov jon,
Olov his-havas.
Qizil cho‘g’ to‘shalgan
Chimildiq tomon
Otdim men o‘zimni
Misli o‘tparast.
Uyg‘onsam – ko‘rpam kul,
Yig‘lar sevgilim.
Men seni yig‘la deb
Quchgan edimmi?
Ayiq bosgan gulday
Ezildi ko‘nglim,
Yovvoyi o‘rdakka
Berdim sevgimni!..
O‘rdak uchdi-ketdi,
Mung‘ayib qoldim.
Hayratim obketdi
Qanotida u.
Kim meni aldasa –
Xudoga soldim,
Mayli, aldanmasin,
Hayotida ...ЕщёMening kimligimni,
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men – alohida.
Ko‘zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.
Oy mening yelkamga
O‘tirib olgan,
Oftob g‘avg‘o solar
Yurgan yo‘limga.
Xayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo‘ydim ko‘nglimga.
Endi toshni tepsam,
O‘par izimni,
Yerga ag‘anasam –
Yer ham devona.
Barmog‘in o‘pgandim
Suygan qizimni,
Qo‘li yonib ketdi
Gurillab, mana.
Yondi,
Yonaverdi
Kokillari, so‘ng,
Charsillab yuragi
Yondi bearmon.
Yarmi yonim bo‘lgan
Ko‘ylagi bir yeng
Ishqning bayrog‘iga
Aylandi alvon!..
Va o‘pdim bayroqni
Men o‘sha alvon,
Olov tan,
Olov jon,
Olov his-havas.
Qizil cho‘g’ to‘shalgan
Chimildiq tomon
Otdim men o‘zimni
Misli o‘tparast.
Uyg‘onsam – ko‘rpam kul,
Yig‘lar sevgilim.
Men seni yig‘la deb
Quchgan edimmi?
Ayiq bosgan gulday
Ezildi ko‘nglim,
Yovvoyi o‘rdakka
Berdim sevgimni!..
O‘rdak uchdi-ketdi,
Mung‘ayib qoldim.
Hayratim obketdi
Qanotida u.
Kim meni aldasa –
Xudoga soldim,
Mayli, aldanmasin,
Hayotida u.
Qoldim kulko‘rpamda
To‘shagim – tuproq,
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko‘proq.
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg‘on!..
Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men – alohida.
Kiyiklar qonini
Keladi ichgim,
Chayonni chaynagim
Kelar gohida.
(M.Yusuf)
Ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o`ylayman
O`zimdan ko`proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Men ketsam, yomondan
Yiroq bo`l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko`rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo`lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo`lmas hech qachon…
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko`kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog`dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo`l qoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora –
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim…
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Biroq, ko`nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to`ladi.
Hali to`ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng
Baxtli bo`ladi!
Kelinlar ko`ylagi
Ruhimday oppoq ...ЕщёMendan nima qolar:
Ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o`ylayman
O`zimdan ko`proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Men ketsam, yomondan
Yiroq bo`l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko`rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo`lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo`lmas hech qachon…
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko`kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog`dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo`l qoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora –
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim…
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Biroq, ko`nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to`ladi.
Hali to`ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng
Baxtli bo`ladi!
Kelinlar ko`ylagi
Ruhimday oppoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O`liklar uyg`oq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ko`ksim kuyib borar,
Ko`krak yonmoqda,
Ayting do`xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o`z ulfati –
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Bunu xayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun so`lasan.
Qalbimda-ku, faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O`zing bo`lasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira – bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko`ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Jon so`ngi boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida
Derdim men bo`lsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda
Seni o`pib, O`shni
Quchoqlab o`lsam!..
O`tinchim – tepamda
Yig`lama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!<b\>
(M.Yusuf)
Men sizni o`ylayman shomu saharda,
Ona, sog`insam ham bora olmayman,
Tunlari charog`on shunday shaharda,
Hech kimga ko`nglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O`z do`stim uyiga ko`mildi sevgim,
Kun bo`lib ko`ksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan o`tgani ko`kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...
Mana, ketayapman tosh yo`lda ko`zim,
Qadamim moshinlar yo`rg`asiga mos.
Yig`lasam yupatib o`zimni o`zim,
Pishqirib qo`yaman toychoqlarga xos.
Va sizni o`ylayman shomu saharda,
Ona, sog`insam ham bora olmasdan.
Tunlari charog`on shunday shaharda
Hech kimga ko`nglimni yora olmasman...
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha Siz sog` bo`ling deb,
Sog`ingan o`g`lingiz - Muhammad Yusuf.
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon, O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri -
Ilig`imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan, Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da`vo qilgan
Mening haqimdagi g`iybatlar yolg`on,
Ixtiyor o`zimda bo`lsa qaniydi.
Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan,
Ichmasam ul zotning ko`ngli ranjiydi.
O`zim boshladimmi, o`zim qilgum bas,
Do`stlarim behuda zavolim izlar,
Agar qirqqa kirmay o`lsam, may emas,
Meni xarob etgan bevafo qizlar!..
Sizga bir armon bo'lay, zolim begim,
Jayron bo'lay, quvlab yetib oling begim.
Marg'ilonning yo'lida boshim qo'yib,
Jon beray, Zaynab bilan qoling, begim.
Qani ul qayrilma qosh Kumush, demang,
Bag'ri gul, bag'ri otash Kumushh demang,
Ko'zlaringiz nega yosh, Kumush, demang,
Bir ko'ray, Zaynab bilan qoling, begim.
Sig'madim kundoshning bu tosh shahriga,
Dosh berolmam bu qaroshlar zahriga.
Yordan ayrildim qaro yer bag'riga
Jo bo'lay, Zaynab bilan qoling, begim.
Sen nechun to'lg'onasan kuygan ko'ngil,
Otabekni jonidan suygan ko'ngil.
Yashnagaymi bir quchoqda ikki gul -
Men so'lay, Zaynab bilan qoling, begim.
Yorginam ruxsoriga jonim fido,
Bu jahonda boriga jonim fido.
Xayr, ey, shirin zabonim, alvido!
Men o'lay, Zaynab bilan qoling, begim.
Sizga bir armon bo'lay, zolim begim,
Jayron bo'lay, quvlab yetib oling begim.
Marg'ilonning yo'lida boshim qo'yib,
Jon beray, Zaynab bilan...ЕщёKumushbibi nolasi
Sizga bir armon bo'lay, zolim begim,
Jayron bo'lay, quvlab yetib oling begim.
Marg'ilonning yo'lida boshim qo'yib,
Jon beray, Zaynab bilan qoling, begim.
Qani ul qayrilma qosh Kumush, demang,
Bag'ri gul, bag'ri otash Kumushh demang,
Ko'zlaringiz nega yosh, Kumush, demang,
Bir ko'ray, Zaynab bilan qoling, begim.
Sig'madim kundoshning bu tosh shahriga,
Dosh berolmam bu qaroshlar zahriga.
Yordan ayrildim qaro yer bag'riga
Jo bo'lay, Zaynab bilan qoling, begim.
Sen nechun to'lg'onasan kuygan ko'ngil,
Otabekni jonidan suygan ko'ngil.
Yashnagaymi bir quchoqda ikki gul -
Men so'lay, Zaynab bilan qoling, begim.
Yorginam ruxsoriga jonim fido,
Bu jahonda boriga jonim fido.
Xayr, ey, shirin zabonim, alvido!
Men o'lay, Zaynab bilan qoling, begim.
Sizga bir armon bo'lay, zolim begim,
Jayron bo'lay, quvlab yetib oling begim.
Marg'ilonning yo'lida boshim qo'yib,
Jon beray, Zaynab bilan qoling, begim!
Muhammad Yusuf
Sen Shirin-u men ham Farhod emasman,
Sen achchig’-u men ham novvot emasman.
Zaynab, Zaynab, menga aytma zoringni,
Sen dilxun-u, men ham dilshod emasman.
Boshga neki tushsa, ko’kdan atalmish,
Biz bir qafas aro giryon bir juft qush.
Bir go’shada sen xomushsan, men xomush,
Sen vayron-u, men ham obod emasman.
Biz bir dinda muridlar ikki pirga,
Yo’latmasman seni men bilgan sirga.
Biz na do’stmiz, biz na g’anim bir-birga,
Sen jayron-u, men ham sayyod emasman.
Senga qo’ysin suymaganni suyishni,
Shunday yashash, aytgil, konglingga xushmi?
Seni quchib sog’inaman Kumushni,
Jon omoni o’zim hayot emasman.
Ey gul, suyib ne topding men yomondan,
Bekman, senga yor tilayman sultondan.
Ko’z uzmasman men Marg’ilon tomondan,
Senga ket ham, senga qol ham demasman.
Sen Shirin-u, men ham Farhod emasman,
Sen achchig’-u, men ham novvot emasman.
Zaynab, Zaynab menga aytma zoringni,
Sen vayron-u, men ham obod emasman.
Muhammad Yusuf