Opamni qizi hozir sakkiz
yoshda,bizga opamdan
yodgor. Opam hohlagandek menga juda
o'hshaydi. Uni tili chiqib birinchi marta "Ona"
degan s'o'zni aytganini hali hali unutolamyman.
Qizini onam boqdilar ko'z qorachig'idek avaylab
o'stirdilar.Bir kuni ho'jayinim bilan onamni ko'rish
uchun borganimizda onam jiyanimni olib
keldilarda:"Uni tili chiqa boshladi, ona
deyapti,lekin uni onasi yo'q. O'g'lim agar siz
qarshi bo'lmasangiz,Nargizni ona desa. Ona
degan so'zni aytolmasdan bolam bechora
armonda o'tmasin",-dedilar. Ho'jayinim, buni
mendan so'ramasangiz ham bo'ladi. Albatta bu
bizga o'z bolamizdek, biz esa unga ota-ona
bo'lishga harakat qilamiz,-dedilar.
Shunday qilib jiyanim meni ona, deya katta bo'ldi.
Hozir o'zimni bolalarim bor. Ular ba'zida opam
nega biz bilan yashamaydi, deb so'rashadi. Men
ham adasi ham ularga, buvingiz yolg'iz bo'lgani
uchun uni buvingizga berganmiz,deymiz. Allohni
qudratini qarangki, bolalarim ham jiyanimni men
opamni yahshi ko'rgandek yahshi ko'rishadi.
Agarda adasi ularga biror narsa olib keladigan
bo'lsa,opamgachi unga ham oliamzimi, deya
so'rashadi.
O'zini otasi esa oldinlari bir haftada, keyinchalik
bir oyda keladigan bo'ldi. Hozir esa mana bir
necha yildirki kelmaydi. Jiyanim ham oldin ko'rb
turganida dadam, deya eslardi. Hozir esa
umuman eslamaydi. Meni ho'jayimni dada
deyishni boshlaganiga esa hali ko'p bo'lmadi.
O'zini dadasini hozir oilasi bor. Opamdan keyin
bir ayolga uylandi. u bilan turmushi bo'lmadi.
Ozoda emasligi bahona bo'lib ajrashdi. Undan
keyin yana bir ayolga, bir qizi bor ayolga uylandi.
Unda yaqinda bir o'g'il ko'rdi. Onam ba'zida
kelmaydi deya hafa bo'ladilar. Men bo'lsa
ularga:"Nima qiladi kelib,endi uni hotini bor, qizi
bor, o'gli bor. Unga endi hech narsa kerak
emas",deyman. To'g'risi ham shu Vijdoni shu
ishni qabil qilganidan keyin biz nima ham qila
olardik. Aslida uni kelishi onamni qiynaydi. Uni
ko'rib dardlari yangilanadi. Jiyanimni hech
narsaga muhtoj qilmay o'stirdik,lekin shunda ham
onam becgora o'zini otasida deb o'ylasalar
kerakda.
Jiyanim har safar meni ona deya quchganida
yuraklarim yonib ketadi. Yig'lagim keladi. Unga
namoz o'qishni, Qur'on tilovat qilishni o'rgatdim.
Duolaringda meni opam bo'lgan shuni haqqiga
ham duo qilgin deya o'rgatdim. Qur'on
o'qiganingda uni savobidan meni opamga ham
yuborgin, jannatiy qlishini Allohdan so'ragin
deyman. Hozircha bu opam unimonasi
bo'laganligini aytolmayman,lekin bir kuni kelib
buni bilishi kerak deb o'ylayman. Ham shunday
deb o'ylayman, ham shu kundan qo'rqaman. Uni
holi buni bilganidan keyin nima bo'ladi deya
o'ylayman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1