Opamni ko'rdim.U o'lganga ham
o'hshamsdi.
Jilmayib uhlab yotganga o'hshardi. Uni oldidan
hech chiqib keta olmadim. Vaqt o'tib ketayapti,
uni joyiga qo'yib kelish kerak, deyishdi. Chiqib
ketdm. Ro'paramda esa eri turardi. Uni yuziga
tupurgim keldi. Opamni shunchalik qiynagani,
havotirga qo'ygani uchun undan shunday
nafratlanardimki, buni cheki yo'q edi. Alloh meni
kechirsin.
Shunday qilib meni jndan aziz opajonimni, bu
hayotda hech narsa ko'rmagan, niyatlariga yeta
olmagan, olti yil kutgan farzandini faqatgina bir
martagina bag'riga bosgan opajonimni qaro yer
bag'riga qo'yishdi.Alloh taolo qabrlarini nurga
to'ldirsin. Bu hayotdagi ko'rgan qiyinchiliklarini
evaziga u dunyo rohatlarini nasib qilsin.
Opamni o'limiga chora yo'q. Allohning qadari.
Bunga qarshilik qilish esa gunohi azim.
Opamni yerga qo'yilganini uchinchi kuni ertalab
eri keldi. U uyga kirar ekan, ko'zim uni oyog'idagi
tufliga tuhsdi. Ko'zimdan o't chiqb ketdi. Bu
o'sha, opamni hech narsasiz qoldirib, uni o'rniga
kiyish uchun olingan tufli edi. Uni ostonaga
yechib kirib ketdi. u otam va ho'jayinim bilan birg
o'tirishar edi. Men esa onam bilan birga edim.
O'sha tuflini qo'limga olib oldiga olib kirib otib
yuborgim kelardi. Agar o'shanda onam ushlab
qolmaganida shu ishni qilarmidim,
bilmayman...davomi bor.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев