- Nargiz, sen bahtli bo'lishing
kerak.Men
ko'rmagan bahtni sen ko'rishing kerak. Alloh
senga meni bahtimni ham qo'shib bersin. Meni
esa bu dunyoda ko'rmagan narsalarimni u
dunyoda berishini hohlayman.
Yuragim muzlab ketdi.
- Opa unday gaplarni gapirmang.Hali Inshaalloh
hammasi yahshi bo'ladi. Eringizni ishlari ham
yahshi bo'ladi.Farzandigizni bag'ringizga bosib
tushib ketasiz bu yerdan. Hali bunchalik
yahsiligingiz uchun Alloh taolo sizga ikki dunyo
bahtini ato qiladi, Inshaalloh.
Opam jilmayib qo'ydi,lekin bu jilmayishida esa
faqat mung bor edi. Uni ko'zlarini o'sh kuni ohirgi
marta ko'rayotganimni, so'zlarini ohirgi marta
eshitayotganimni bilsam edi.Endi uni boshqa
hech qachon ko'rolmasligimni bilganimda edi.
Uning bu so'zlaridan biror narsani anglaganimda
edi. Anglaganimda nima bo'alrdi? Allohning
hukmini menqaytara olarmidim. Biz g'ofil
bandamiz, bunday narsalarni bilishga aqlimiz
yetmaydi.
O'sha kuni uyga opamni oldidan juda hafa holda
keldim. To'y ham +tatimadi. Hayolimda faqat
opam va uning aytgan so'zlari edi. Allohdan
yahshilikni berishni duo qilardim. Lekin bu
duolarim ijobat bo'lmadi. Meni turmush
o'rtog'imni otalari yoshliklarida vafot etgan,
onalari esa boshqa turmushga chiqqan edilar.
Shuning uchun meni alohida hovliga kelin qilib
tushirishdi. Uyda ikkimiz yolg'iz qoldik. To'yimizni
ikkinchi kuyoq hammalari ketishdi. Kelinligimni
uchunchi kuni kechqurun ho'jayinim ishdan
keldida ovqatlanib bo'lgach, opangizni ko'zi
yoribdi, qiz ko'ribdi, jiyan muborak bo'lsin, dedi.
Hursand bo'lib ketdim. Yig'ladim, Allohga shukr
qildim.
Ho'jayinimdan:"Siz qachon bildingiz?"dedim.
- To'y kuni kechqurun opangizni eri kelibdi,
og'aynilari hotining kasalhonada deb
chaqirishibdi. Mendan so'rab kelishdi, men pul
nima bo'lgan bo'lsa ham mayli, kelsin hotinini
oldida turishi kerakku, degandim. Shuni aytishibdi,
keyin kelibdi, ko'zi yoriganini kunduzi eshitdim.
Men o'zimda yo'q hursand edim. Shu orada
hufton namozini vaqti kirdi. Vitr namozini
o'qiyotganimda, ohirgi qa'dada alovatni o'qib
turib, birdan yuragim tez-tez ura boshladi.
Ko'zimga hamma joy qorong'u bo'lib ko'rindi.
Yuragimni vahima bosdi. Shunda hayolimga o'lim
keldi. Birdan hayolimga opamni tuqqan bolasi
quynalgan bo'lsachi, o'lib qolgan bo'lsachi, degan
fikr keldi. O'z hayolimdan o'zim qo'rqib ketdim.
"Astag'firullloh" dedimda, Allohga duo qildim.davomi bor...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев