do'stlar,
Ikki dushmani bor erkak kishini,
Biri manmanligu ikkinchisi til,
Tuxtatadi yurub turgan ishini.
Dunyoga keldikmi biling ey
do'stlar,
Ikki do'sti bor erkak kishini,
Biri oilasi va halol mehnat,
Shular bulsa egib yurmas
boshini
Dunyoga keldikmi biling ey
do'stlar,
Ikki omadi bor erkak kishini,
Vafodor ayol va eng sodiq do'st,
Yo'qsa hayot sindiradi tishini.
Dunyoga keldikmi biling ey
do'stlar,
Ikki qarzi bor erkak kishini,
Biri onasidan biri vatandan,
Shu ishga sarflasin bilak kuchini.
Dunyoga keldikmi biling ey
do'stlar,
Ikki boyligi bor erkak kishini,
Biri farzandi va ikkinchisi bu
hotirjamlik qaritmaydi yoshini.
Dunyoga keldikmi biling ey
do'stlar,
Ikki qanoti bor erkak kishini,
Birinchisi iymon keyin sodiqlik,
Shular keltiradi omad qushini.
Dunyoga keldikmi biling ey
do'stlar,
Ikki baxti bor erkak kishini,
Biri ayol emas erkak bulib
tug'ilgan,
Ikkinchisi olar ayol hushini.
Ahad Qayum aytar biling ey
do'stlar,
Ikki ustini bor ijod axlini,
Biri chin muhlislar va istedod,
San'atkor shulardan sezar
baxtini.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев