Предыдущая публикация
Eng so'nggi she'rimni
tugatmaguncha,
Menga yordam bergin,
sanchmagin yurak.
Bir quti dorini yutub bo'lsa ham,
Eng zo'r baytlarimni yozishim
kerak.
Men xali yashayman, uzoq
yashayman,
Sog'lig'imning g'amin yemagin
singlim.
Ahir she'r yozishni qanday
tashlayman,
Ijoddan to'xtash bu, men uchun
o'lim.
Tangri ilhom berdi, Tangri kuch
berdi,
Mashhur bo'ldim kimlar to'ssa
ham yo'lim.
Bir lahza ijoddan to'xtasam
meni,
Bo'g'ib o'ldiradi ikkala qo'lim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев