Предыдущая публикация
Ko'ksi kemtik mayib dunyoda
Illati ko'p zaif dunyoda
O'zingizni asrang birodar
Tashvishlar ham g'amlar ham bekor
Kulgingizga qo'ndirmang g'ubor
Ko'nglingizda yashnasin baxor
O'zingizni asrang birodar
Qo'ying o'sha aldamchi xisni
O'rtanmasin sog'inchning xusni
Yuving dildan alamli izni
O'zingizni asrang birodar
Goh sohtaso'z xushzabonlardan
Mehr bilmas "mehribonlar"dan
Xatto achchiq rashk gumonlardan
O'zingizni asrang birodar
Kimga do'stsiz kimga chin o'rtoq
Siz keraksiz kimgadir shu choq
Baxtga ochay desangiz quchoq
O'zingizni asrang birodar!
Muallif : Shahnoza Qodirova
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев