Xar zamonda qilsangiz bir inoyatlar
Izingizga sig'inmoqqa tayyor bo'lsa
Ma'budadek sizga qilsa ibodatlar
Quldek sizga sodiq bo'lsa abad azal
Ertakdagi Yusufdan ham bo'lsa go'zal
Aytsa faqat sizga atab aytsa g'azal
So'ylasa ham sizga so'ylab rivoyatlar
Qul bo'lsa-yu bildirmasa libosi zar
Nomusi yo'q benomusdan qilsa hazar
Jim tinglasa arzi nola qilsangiz gar
O'zi esa qilmasa hech shikoyatlar
Bo'yi baland bo'lsa uning qadri emas
Yelkasi keng bo'lsa faqat sabri emas
Siz bir daryo-u bo'lsa shu daryoda xas
Izmingizda suzsa qilib maqomatlar
Bundan ko'ra Tohir oqqan quti yaxshi
Ba'zilarning ergashtirgan iti yaxshi
Oshingizdan biyalarning suti yaxshi
Mayli bizga nasib etmasa shu qomatlar
Sevar edim sizni endi suyib netdim
Yolg'on sevgi yetaklagan joyga ketdim
Xush qolsinlar shunchaki bir keldim ketdim
Malikaga bo'ysunmagan Muhammadlar!
Muallif : Muhammad Yusuf
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев