Suyib siylolmagan sultoning bo'ldim
Mehringni mehrim-la oqlay olmadim
Netay sen yaxshi men yomoning bo'ldim
Dorga osgil meni doringga shukr
Boringga shukrlar boringga shukr
Muhabbat ko'shkida sen kim-u men kim
Seni goh o'ksitib ne topdi dilim
Yuzingdan o'paymi endi entikib
Ko'zingdan o'paymi aziz sevgilim...
Sensiz qayda qalbga xalovat xuzur
Boringga shukrlar boringga shukr
Tegirmon yurganda tosh boshlarimda
Jonim jon saqladi bardoshlaringda
Dovullar bag'rimni qaqshatgan damlar
Muzlarim eridi otashlaringda...
Qo'limga ko'tarib ko'rgazay mehr
Boringga shukrlar boringga shukr
Holbuki to'rttala tomonim o'zing
Osmonim yoritgan tobonim o'zing
Dilimning to'rida avaylaganim
Eng yorug' orzuim armonim o'zing
Seni yo'liqtirdi xazrati Xizr
Boringga shukrlar boringga shukr
Yurakdan raxmatlar aytmayin nechun
Ortimdagi nurli izlarim uchun
She'rlarimga bergan xayrat xislarim
O'g'ilga alishmas qizlarim uchun
Mehribonim senga aytarim shudir
Boringga shukrlar boringga shukr
Oydinim ko'ngilda bir ko'shk bezaylik
Gulim yur dilim yur gulzor kezaylik
Biz endi to'ysak ham visoldan to'yib
Biz endi bezsak ham baxtdan bezaylik
Muhammad qadriga yetmagan ey xur
Boringga shukrlar boringga shukr!!!
Muallif : Muhammad Yusuf
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев