Предыдущая публикация
Ko'ngil siri pinhonsan
Sho'ring qursin singilcham
O'z uyingda mehmonsan
Omonatdir ota uy
Bu xush choqlar omonat
Qo'lingdagi arzon shu
Ko'zmunchoqlar omonat
Xamma senga qarindosh
Xaridor uzilmaydi
Ko'nglingga kim yoqishin
Xatto onang bilmaydi
O'zim bilan o'zim band
Yonishlaring ko'rmasman
Akang bo'lib mundoq bir
Ko'nglingni ham so'rmasman
Sen ketarsan ko'zda yosh
Baldoq taqib qo'lingga
Yodgor bo'lib qoldi
Ko'zmunchog'ing singlingga
Muallif : Muhammad Yusuf
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев