https://ok.ru/group/53343089983674/topic/68759434412218
Zerikdingizmi???Unda safimizga qo'shiling!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 50
Bu oqshomkim, go‘zal, oydin, meni sevgin, meni sevgin,
Yurakdan ketmasidan din, meni sevgin, meni sevgin.
Bu dunyoda xatolar ko‘p, judoliklar, jafolar ko‘p,
Diling istaydi gar taskin, meni sevgin, meni sevgin.
Agar bir xastadilsan sen, alamga bastadilsan sen,
Vujudingdan olib bor tin, meni sevgin, meni sevgin.
Ayo, ey ko‘zlari xummor, Farhoding erur bedor,
Ayo, ey lablari Shirin, meni sevgin, meni sevgin.
Agar sevolmasang meni, Xudoni hech sevolmassan,
Uning sevgisidan oldin, meni sevgin, meni sevgin.
Go‘zallar ko‘p bu dunyoda, valekin men bu savdoda,
Seni sevdim, seni, omin! Meni sevgin, meni sevgin.
Sirli oshiqdan:
Milyon yilda meni yaratdi hayot,
Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz.
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv,
Quyoshdan ishorat — ko‘z yorar ildiz.
Men, axir ularga o‘xshamayman-ku,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Har elat o‘zicha atar shamolni,
Mingta ism bilan yashaydi yulduz.
Sen qaydan toiasan boshqa Iqbolni,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Nafasim — g‘animat, so‘zim — g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Yaratganga borib aytaman seni!
O‘zi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz…
Sirli oshiqdan:
Man sizzi menga atvet qilib she'r yozganizga tushunmaganimdan shunaqa yubordim.
rostanam tanimimanda.
qanaqa sirli oshiq?
Ayting, nechun mast bir qultum maysiz.
Sira yulduzlarda emas xayolim,
Meni tushunmaysiz, meni bilmaysiz.
Tun-u kun nigohingiz ko’zimdan oqar,
Mahzun siyratimni olovsiz yoqar.
Azoblar dilimga tosh bo’lib botar,
Meni tushunmaysiz, meni bilmaysiz.
Bilaman osmonday dimog’ingizni,
Kapalakka bergan sabog’ingizni.
Bir zum ko’tarmayin qabog’ingizni,
Meni tushunmaysiz, meni bilmaysiz.
Ko’ksimda og’riqlar qoyalar bo’lgan,
Qoyalar qop qora soyalar bo’lgan.
Soyalar dardimga doyalar bo’lgan,
Meni tushunmaysiz, meni bilmaysiz.
Kulgichingiz haqqi dilda ishq lim-lim,
Yovvoyi firoqqa emasman taslim.
Qandoq azob beray, axir men muslim.
Meni tushunmaysiz, meni bilmaysiz.
Qorani ko’rganman, oqni taniyman.
Tekisda yurganman, chohni taniyman.
Sizni, o’zimni va haqni taniyman,
Meni tushunmaysiz, meni bilmaysiz.
Sirli oshiqdan:
Sizzi qayerdan taniyman?
O‘yin bu ssilkada.
O‘yin bu ssilkada.
Xayrli kun sizgada.
O‘yin bu ssilkada.
Shu kammentga o‘ting.