Bulutlar tarqaldi, to'kishib ko'zyosh,
Xayolim osmonday yorishdi yana,
Yorug' kunlarimday porladi quyosh.
Shoshqin daryolarning zangordir labi,
Shamollar o'ynaydi yiroq-yiroqda.
Yurgil sayr etaylik, yurgil malagim,
Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.
Ko'ryapsanmi qanday yasharmish olam,
Beparvo go'dakday jilmayadi jim.
Go'dagim, bu chiroyo qaytmaydi hech ham,
Qaytmagani kabi mening yoshligim.
Xazonrez avgustning biror oqshomi.
Uni ko'rarsanmi tushingda takror.
Mayliga, o'zgadir kuzning ilhomi
Bugun-chi, ko'z tashla atrofda bahor.
Qani qo'lginangni bergil jimgina,
Shu ma'sum yo'lchiga qo'yaylik ixlos.
Shoirlar aldaydi bizni, jonginam,
Bahor doim emas, uch oydir, xolos...
Abdulla Oripov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев