Предыдущая публикация
Sizsizlik men uchun katta gap.
Hijronlar botadi ko’ksima,
Yashayman taqdirni la'natlab.
Mensizlik sizga hech qilmas kor,
Sizsizlik oladi jonimni.
Sog’inchim boshimga solar dor,
Ayriliq so’radi qonimni.
Mensizlik sizni hech qiynamas,
Sizsizlik to’kadi sabrimni.
Labimda tabassum o’ynamas,
Hasratlar ezadi qalbimni.
Mensizlik siqmaydi ko’ksingiz,
Sizsizlik eng og’ir jazodir.
Ko’nglimga eng yaqin o’zingiz,
Sizsizlik ko’nglimga qazodir.!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев