Sotilgan mahsulot va xizmatlar sonini ko'pyatiramiz mahsulot yoki xizmat narxiga. Shu kungacha ko'pchilik shu tarzda hisoblar edi... Lekin G'arb mamlakatlari marketologlari Biznesdan kelib tushadigan daromadni hisoblashning boshqa usulidan foydalanishni maslahat berishadi. Keling bu usulni ko'rib chiqaylik.
Har bir biznesda o'zining ko'rsatkiclari bo'ladi. Hozir shu ko'rsatkichlar bilan ishlashni ko'rib o'tamiz
1-ko'rsatkich - LIDLAR ya'ni sizning taklifingizga o'zining qiziqishini bildirgan bo'lajak xaridorlar
2-ko'rsatkich - KONVERSIYA . Lidlardan necha foizi xaridorga aylanganligi. 100 ta qiziqqan insondan 10 tasi sotib oldi. Demak konversiya 10% ga teng.
3-ko'rsatkich- O'rtacha chek. Har bir xaridor qancha summaga sizdan mahsulot sotib oldi
4-ko'rsatkich. Foyda. Har bir mahsulotdan sizga necha foiz foyda qoladi.
5-ko'satkich. Xaridlar takroriyligi. Bir xaridor butun hayoti davomida sizning mahsulot va xizmatlaringizni necha marta sotib oladi.
Mana shu 5 ko'rsatkichni ko'paytirsangiz biznesingizning umumiy daromadini ko'rishingiz mumkin
Birinchi navbatda mana shu ko'rsatkichlarni biz o'lchashimiz va bilishimiz kerak. Keyin turli xil marketing texnologiyalar bilan har bir ko'rsatkichni oshirishimiz mumkin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев