Birgina so'rayman sandan hamisha Eslagin o'zgaga bir bor boqqanda, Kimningdir ko'ziga tikilganingda suratim namoyon bo'lsa ularda... Diqqating buzganda begona chiroy Yuraging qattiqroq ursa birovdan Jo'nbushga kelganda eting suhbatdan Iltimos bir bora eslagin mani. Kerakmas eslashing yonimda bo'lsang Kerakmas o'zimga aytishing sevging Yolvorang bir bora eslab tur mani Birovlar yonida o'tirar bo'lsang. Yodga ol bir bora mani nigohim nursiz bir ko'zlarda ko'ringanimda Dilim yetimlikda o'ksigani ham Kimningdir mehrida ovunganingda... Hamisha eslab tur kelganingdamas san mandan yiroqqa ketar bo'lganda Qalbingda nomimni eslagin bir bor Kimningdir og'ushida quvonganingda... Kimningdir og'uzi jaranglaganda qulog'ingga qo'shiq bo'lib kelarmu Navosi yoqimli bo'lsada uni Meningdek nolasi unda bo'larmi. Zor qaqshab yig'kagan bemor ishqimni ko'ngli to'q zolimlar tushinarmedi Mehringga zor tashna sahrolarimda bir bora oyog'ing kuydirarmedi. Bo'g'izlab qo'ysaydim bebud ishqimni tilkalab tashlasam bemor sevgimni Mendan ham qaysarroq chiqdi tuyg'uyim Mengamas bahosi senga deydiyo...! Jimgina termulgan ko'zkarim asli yurak og'riqidan hayqirganini Churq etmas lablarim tishlanganida Kimnidir o'pganda yodga olsaydim Kerakmas qo'limga bergan sovg'ang ham, Qo'limdan tutganda issiq tafting ham Bir donang bo'lmasam yurakkinangda Joningni bersang ham kerakmas manga. Kerakmas shart emas so'ramayman ham Talab ham qilmayman surishtirmayman Kim bilan qayerda bo'lsang ham mayli Birgina iltimos yodga ol mani. Kerak bo'lsa mayli taqqosla mani yuragim qalbimu mehrim taftini Ko'zlar tuzilishimas nurin taqqosla Quchoq ehtirosimas mehrim taqqosla UNUTMA... UNUTMA BIR BORA ESLAB QO'YISHNI...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев